Davlat xavfsizlik xizmatining Qaşqadaryo viloyati böyiça boşqarmasi hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti xodimlari hamkorligida Samarqand viloyatining Kattaqörğon tumanida tezkor tadbir ötkazilgan.
Tadbir davomida Navoiy va Samarqand viloyatlarida yaşovçi, 1982, 1984 va 1996 yillarda tuğilgan uç nafar fuqaro qonunga xilof ravişda jami oğirligi 475 grammni taşkil etgan ikki dona oltin quymani xaridorga 737 million sömga sotişga kelişib, undan 500 million söm olgan vaqtlarida aşyoviy dalillar bilan qölga olingan.
Davlat asillik darajasi nazorati inspeksiyasining xulosasiga köra, 994 asillik darajasidagi uşbu oltin quymalarning sof oğirligi 472 grammni taşkil etgan bölib, ularning umumiy qiymati 740,4 million sömga baholangan.
Hozirda mazkur şaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 177-moddasi 4-qismi “a” bandi (valuta qimmatliklarini qonunga xilof ravişda oliş yoki ötkaziş) bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Ta’kidlanişiça, uşbu şaxslarning ikkitasi muqaddam sudlangan bölib, ulardan biri hozirda axloq tuzatiş işlari jazosini ötayotgan holda jinoiy qilmiş sodir etgan.












