COVID-19 pandemiyasi dunyo iqtisodiy konyukturasini jiddiy özgartirdi. BMT jahon iqtisodiyoti uçun oğir oqibatlar keltiruvçi retsessiyani prognoz qilmoqda.
PwC Özbekiston direktori COVID-19 pandemiyasi çaqirgan inqiroz köçmas mulk bozoriga qanday ta'sir qilişi, xaridorlar qanday yöl tutişi va qanday vaziyatni kutiş mumkinligi uçun haqida sözlab berdi.
Talab pasayişi qay darajada davomli böladi va segmentlarning tiklanişi qanday tartibda keçadi?
Umuman olganda, biz COVID-19 kasaligining hozirda kutilayotgan ikkinçi tölqini ötguniga qadar talab pasayişini kuzatişimiz mumkin. Bu holda talab pasayişi ança sezilarli bölişi tabiiy. Mamlakatdagi yirik developer kompaniyalari bilan suhbatlarimizdagi ma'lumotlarga suyanadigan bölsak, bugungi kunda köçmas mulk bozori u qadar katta yöqotişlarga uçramagan, sotuvlar bahor oylarida, köp taşkilotlar, jumladan notarial idoralar yopilgani tufayli töxtab qolgan.
Biroq karantin çeklovlari yumşatilişi bilan bozor tezda jonlandi va sotuvlar tiklandi. Hozir yirik developerlarda uy-joy sotuvi böyiça pasayiş kuzatilmayapti.
Özbekistonda ikki toifa bunyodkorlar faoliyat yuritadilar: yirik va kiçik quruvçilar. Tahlillar şuni körsatadiki, turar-joy va tijorat maqsadlaridagi köçmas mulklar quruvçilarning asosiy qismi Toşkent şahriga töğri keladi va bu yerdagi umumiy sondan foiz hisobida olinganda örtaça 70 foizi bu katta tajribaga ega bölmagan “kiçik”, bu sektorda katta tajribaga ega bölmagan quruvçilardir. Inqiroz paytida xaridor barça tavakkalçiliklarni hisobga oladi va katta ehtimol bilan vaqt sinovidan ötgan yirik quruvçilarni tanlaşga moyil böladi.
Tijoriy köçmas mulk haqida gap ketganda, bu hanuz nisbatan kiçik sektorligini e'tirof etiş zarur. A va V klassdagi biznes markazlar ofis maydonlari nisbati örganilsa, Toşkentda bu körsatkiç MDHning boşqa yirik şaharlariga nisbatan sezilarli darajada pastligi ma'lum böladi.
Savdo-köngiloçar markazlar segmentidagi manzara ham aytarli özgarmaydi. Bugungi kunda tijoriy köçmas mulkka bölgan talab saqlanib turibdi va bu öz navbatida talabning sezilarli darajada oşişini ta'minlayapti. Qaçongi taklif talabdan oşsa va karantin çeklovlari yanada uzaytirilsa, vaziyat yomon tomonga özgarişi mumkin, bunday holda talab va taklif örtasidagi farq yirikligiça saqlanib qoliş ehtimoli bor.
Şuningdek, kuzatilmoqdaki, köpçilik kompaniyalar öz ofislari hajmini qayta körib çiqmoqdalar. Ayniqsa qator bölimlar uçun masofaviy işlaş amaliyoti keng qöllanilgani sari an'anaviy “ofis işi” degan tuşunça özgarib borayapti. Bu esa tabiiyki ijara beruvçining biznes-modeli kelajagiga va tijoriy köçmas mulk bozori hajmiga ta'sir qiladi.

















