Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saudiya Arabistoni 2026 yildan xorijliklarga ko‘chmas mulk sotib olishga ruxsat beradi
Saudiya Arabistonining to‘rtta yirik shahri – Ar-Riyod, Makka, Madina va Jiddada xorijliklarga uy-joy, tijorat, sanoat va qishloq xo‘jaligi obektlari, shuningdek, alohida hududlarda qurilish uchun uchastkalar sotib olishga ruxsat berilishi rejalashtirilyapti. «Xaridor musulmon bo‘lishi shart, bundan boshqa jiddiy cheklovlar bo‘lmaydi», degan qirollik ko‘chmas mulkni ro‘yxatdan o‘tkazish boshqarmasi ijrochi direktori Fahad Bin Sulaymon.
Saudiya Arabistoni 2026 yildan chet elliklariga qirollik hududida ko‘chmas mulk sotib olishga ruxsat berishi mumkin. Bu haqda Bloomberg xabar berdi.
Hukumat «Vision 2030» strategiyasi doirasida investitsiyalar jalb qilish va iqtisodiyotni diversifikatsiya qilish maqsadida ko‘chmas mulk to‘g‘risidagi qonunga o‘zgartirishlar kiritish ustida ishlayapti. Tegishli farmon joriy yilning iyul oyida imzolangan bo‘lib, o‘zgartirishlar 2026 yil yanvar oyida qabul qilinishi kutilyapti.
Yangi tahrirdagi hujjatda mamlakatning to‘rtta yirik shahri – Ar-Riyod, Makka, Madina va Jiddada xorijliklarga uy-joy, tijorat, sanoat va qishloq xo‘jaligi obektlari, shuningdek, alohida hududlarda qurilish uchun uchastkalar sotib olish imkonini taqdim qilinishi ko‘zda tutilgan.
Chet elliklar uchun ko‘chmas mulkni ro‘yxatdan o‘tkazish boshqarmasi ijrochi direktori Fahad Bin Sulaymonning so‘zlariga ko‘ra, Makka va Madinada ko‘chmas mulkni faqat chet ellik musulmonlar sotib olish huquqiga ega bo‘ladi.
«Xaridor musulmon bo‘lishi shart, bundan boshqa jiddiy cheklovlar bo‘lmaydi», degan u.
Shuningdek, belgilangan hududlarda chet elliklar mulkining cheklangan ulushi 70 foizdan 90 foizgacha bo‘ladi.
Mavzuga oid
10:18 / 29.06.2026
Saudiyada vertolyot quladi: 14 kishi halok bo‘ldi
19:38 / 22.06.2026
Yamal gol urdi va sajda qildi, Portugaliyada «Dallas seriali boshlandi»
08:47 / 19.06.2026
May oyida Toshkent uy-joy bozorida qanday o‘zgarishlar bo‘ldi?
07:09 / 02.06.2026