Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Made in Uzbekistan”: mebel, interer, dizayn” ko‘rgazmasi chekka hududlardagi tadbirkorlar uchun yangi imkoniyatlar taqdim etadi
Bugun, 13 iyun kuni “O‘zekspomarkaz”da Savdo-sanoat palatasi tomonidan tashkil etilgan “Made in Uzbekistan”: mebel, interer, dizayn” ko‘rgazmasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Foto: Prezident matbuot xizmati
Joriy yilning 12-13 may kunlari prezident Shavkat Mirziyoyev Farg‘ona viloyatiga tashrifi chog‘ida tashkil etilgan “Mebelchilik sanoat zonasi” bilan tanishar ekan, Buvayda tajribasi misolida Mebellar ko‘rgazmasini o‘tkazish haqida ko‘rsatma bergan edi.
Mazkur ko‘rgazma Savdo-sanoat Palatasi tomonidan tashkil etilib, 13 iyun kuni o‘z ishini boshladi. Ko‘rgazmaning ochilish marosimida so‘zga chiqqan Savdo-sanoat palatasi raisi D. Vahobov davlat rahbari tomonidan mahalliy sanoatni rivojlantirish va raqobatbardosh mahsulotlarni o‘zlashtirish borasida olib borilayotgan amaliy chora-tadbirlar to‘g‘risida to‘xtalib o‘tdi.
“O‘zekspomarkaz”da bo‘lib o‘tayotgan “Made in Uzbekistan”: mebel, interer, dizayn”ko‘rgazmasida respublikaning barcha viloyatlaridagi mebelsozlik sohasi vakillarini qamrab olish ko‘zda tutilgan.
Buvayda tumani misolida tajriba almashish maqsadida mamlakatimizning eng chekka hududlaridan ishtirok etayotgan 80ga yaqin tadbirkorlar ushbu ko‘rgazmada hech qanday to‘lovlarsiz qatnashish va o‘z mahsulotlariga to‘g‘ridan to‘g‘ri jahonning istalgan davlatlaridan xaridor topish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.
“Made in Uzbekistan”: mebel, interer, dizayn” ko‘rgazmasi o‘z ishini 16 iyun sanasiga qadar davom ettiradi.
Savdo-sanoat palatasi matbuot xizmati (T)
Mavzuga oid
19:44 / 22.10.2025
“Qashqadaryoda ish beruvchilar va ishchilarning qo‘nimsizligi eng katta muammo” – Savdo-sanoat palatasi raisi Davron Vahobov
10:46 / 13.10.2025
O‘zbekiston Osakadagi butunjahon ko‘rgazmasida oltin medalni oldi
17:18 / 13.08.2025
“Quruvchi tannarxidan emas, budjetga to‘laydigan solig‘idan chegirma qilib beryapti” – SSP raisi
15:19 / 07.07.2025