Yaponiyaning Osaka şahrida taşkil etilgan EKSPO butunjahon körgazmasida Özbekiston paviloni öz yönalişi böyiça oliy mukofotga — «Mavzuning eng yaxşi oçib berilişi» nominatsiyasida oltin medalga sazovor böldi.
Özbekiston prezidenti administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyevaning aytişiça, taqdim etilgan «Bilimlar boği: kelajakdagi jamiyat uçun laboratoriya» konsepsiyasida an’analar va innovatsiyalar uyğunligi öz aksini topgan.

"Ğoyamiz jahon hamjamiyatida keng kölamli aks sado berdi. Barçani ruhlantirgan professionallik va uşbu loyihaga bölgan işonç uçun butun jamoaga, şuningdek, xalqaro hamkorlarimizga samimiy minnatdorlik bildiraman", dedi Saida Mirziyoyeva.
EKSPO körgazmasida Xalqaro körgazmalar byurosi (BIE) mukofoti (1928 yilda ta’sis etilgan) körgazmaning asosiy mavzusiga tegişli sohadagi yutuqlarni e’tirof etadi. U innovatsion ğoyalar, ilğor texnologiyalar va iştirokçi mamlakatlarning madaniy xususiyatlarini namoyiş etuvçi eng yaxşi pavilon va körgazmalarga beriladi.
Uşbu nufuzli mukofot körgazma iştirokçilarining Butunjahon körgazmasi muvaffaqiyatiga qöşgan beqiyos hissasini e’tirof etadi va ularning muayyan sohadagi yetakçiligini namoyiş etadi.

Ğoliblar innovatsion, texnologik jihatdan ilğor va global muammolarni hal qilişda yangi yondaşuvlarni namoyiş etuvçi eksponatlar yaratiş uçun mukofotlanadi.
BIE mukofoti öz mamlakatini eng yaxşi taqdim etgan pavilonlarni alohida qayd etadi va körgazmaning asosiy mavzusini aks ettiruvçi maqsadlarga erişişga qöşgan hissasi uçun taqdim etiladi.
Masalan, EKSPO-2025 körgazmasining «Hayotimiz uçun kelajak jamiyatini yaratiş» mavzusi «Özbekiston» pavilonidagi «Bilimlar boği: kelajak jamiyati laboratoriyasi» mavzusiga hamohangdir.

Özbekiston Milliy paviloni Özbekiston Respublikasi EKSPO körgazmasida 1993 yildan boşlab iştirok etişni boşlaganidan keyin birinçi marta BIE oltin mukofotiga sazovor bölmoqda.












