O‘zbekiston | 16:13 / 15.06.2021
9160
1 daqiqa o‘qiladi

Tamaki mahsulotlarini iste'mol qilish mumkin bo‘lmagan jamoat joylarining aniq ro‘yxati tuziladi

Qonunchilik palatasining majlisida xalq vakillari “Alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishi hamda iste'mol qilinishini cheklash to‘g‘risida”gi qonun loyihasini atroflicha muhokama qildi.

Foto: Reuters

Parlament xabariga ko‘ra, mazkur qonun loyihasi bilan alkogol va tamaki mahsulotlari, tamaki va nikotin iste'mol qilish uchun moslamalarni realizatsiya qilishga doir cheklovlar kengaytirilmoqda. 

Qonun loyihasida alkogol va tamaki mahsulotlarini iste'mol qilish mumkin bo‘lmagan jamoat joylarining aniq ro‘yxati ko‘rsatilib, chekish uchun ajratilgan maxsus joylarga minimal talablar belgilanmoqda. Ushbu qoidalarning ijro etilishini ta'minlash uchun mas'ul shaxslar majburiyatlari aniqlanmoqda. 

Shu bilan birga, alkogol va tamaki mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarining majburiyatlari belgilanmoqda. Tamaki mahsulotining iste'mol o‘roviga (qutisiga) tibbiy ogohlantirishlarni joylashtirish uchun ajratilgan maydon yuzasi 40 foizdan 65 foizga oshirilmoqda. 

Majlisda qonun loyihasi deputatlar tomonidan birinchi o‘qishda konseptual jihatdan qabul qilindi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid