Qonun loyihasiga köra, Özbekiston davlat bayroği mamlakat suvereniteti va davlat ramzi sifatida barça joylarda belgilangan yagona qoidalar asosida namoyiş etilişi lozim. Xususan, bayroqni dastasiz vertikal holatda joylaştiriş tartibi aniq belgilab beriladi.

Loyihada davlat bayroğining sxematik va rangli tasviri hamda uni dastasiz vertikal holatda namoyiş qiliş tasviri alohida tasdiqlanişi nazarda tutilgan.

Şuningdek, mahalliy davlat hokimiyati organlari majlislar zallarida, diplomatik vakolatxonalarda va xizmat xonalarida bayroqni joylaştiriş qoidalari aniqlaştirilmoqda. Bayroq iştirokçilarga tösiqsiz körinadigan markaziy örinda turişi, matosi yerga tegmasligi şartligi belgilanadi. Bir neçta bayroq namoyiş etilganda esa davlat bayroği ustuvor ravişda markaziy yoki öng tomonda joylaştirilişi közda tutilgan.

Ommaviy tadbirlarda bayroqni joylaştiriş va olib yuriş tartibi ham belgilanmoqda. Xususan, saf tortiş tartibida ötadigan tadbirlarda davlat bayroği safning old qismida joylaştiriladi va uni boşqa bayroqlardan keyin olib yuriş taqiqlanadi.

Qonun loyihasiga muvofiq, bayroqni devor yoki boşqa konstruksiyaga vertikal holatda namoyiş etganda yangi oy va yulduzlar qismi yuqori öng burçakda joylaşişi, bayroq matosi yerga tegmasligi lozim. Bayroqni teskari yoki estetik körinişini buzuvçi holatda namoyiş qiliş, ustiga buyum qöyiş yoki hurmatsiz munosabat bildiriş taqiqlanadi.

Şu bilan birga, davlat va jamiyat taraqqiyotiga munosib hissa qöşgan şaxslar, harbiy xizmatçilar va huquqni muhofaza qiluvçi organlar xodimlari xizmat burçini bajariş çoğida halok bölgan hollarda davlat bayroğini tobut ustiga yopiş tartibi ham aniq belgilab qöyilmoqda.

Qonun loyihasi davlat ramzlaridan foydalanişda huquqiy barqarorlikni ta’minlaş, milliy birlikni mustahkamlaş va davlat ramzlariga hurmatni yanada oşirişga xizmat qilişi ta’kidlanmoqda.