O‘zbekiston | 15:20 / 03.07.2017
41492
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston va Rossiya harbiylari Forishda qo‘shma mashg‘ulot o‘tkazishadi

Foto: Trend News Agency

O‘zbekiston va Rossiya Qurolli kuchlarining Markaziy harbiy okrugi bo‘linmalari hamkorligida 2017 yil oktabrida O‘zbekistonning Forish poligonida harbiy o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkaziladi. Bu haqda RIA Novosti Rossiya Qurolli kuchlari Markaziy harbiy okrugi harbiylari qo‘mondoni yordamchisi polkovnik Yaroslav Roshchupkinga asoslangan holda xabar bergan.

"2005 yildan beri ilk marta Rossiya Federatsiyasi va O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari harbiy bo‘linmalari 2017 yil oktabrida Forish poligonida qo‘shma taktik o‘quv mashg‘ulotlar o‘tkazishadi", — degan Roshchupkin.

Forish poligoni Toshkent shahridan 250 kilometr masofadagi Nurota tog‘ tizmalarining shimoliy yonbag‘irlarida joylashgan.

Roshchupkinning aniqlik kiritishicha, qo‘shma harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazilishi bo‘yicha kelishuvga ikki mamlakat mudofaa vazirliklari delegatsiyalarining Toshkentda o‘tkazilgan ishchi uchrashuvi (O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vaziri Qobul Berdiyev va RF Markaziy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni Vladimir Zarudnitskiy rahbarligidagi delegatsiyalar) yakunida erishilgandi.

Mavzuga oid