O‘zbekiston | 12:45 / 30.04.2023
8996
1 daqiqa o‘qiladi

“Har birimiz o‘z kelajagimiz uchun ovoz berdik” – Baliqchida bir oiladan 11 kishi referendumda qatnashdi

Andijon viloyatining Baliqchi tumanidagi referendum uchastkalarida ham ovoz berish jarayonlari davom etmoqda. Referendumga ko‘pchilik oilaviy tashrif buyuryapti. Jumladan, referendum uchastkalaridan birida Ibragimovlar oilasi ovoz berishga 11 kishi bo‘lib borgan.

292-referendum uchastkasi Baliqchining Sirmoq mahallasidagi Tibbiyot kollejida joylashgan. Maskan soat 8:00dan fuqarolar bilan gavjum bo‘ldi. Mahalladagioilalar, sinfdoshlar, bir ko‘chada yashovchilar to‘planib, birgalikda siyosiy tadbirga bormoqda.

Mahallada yashovchi Ibragimovlar oilasi 11 kishi bo‘lib ovoz bergani borishdi. 

Bugungi referendumga 4 nafar aka-uka, 4 nafar kelin hamda nabiralar bilan har bir kishi o‘zi uchun ovoz bergani keldik. Mana, ovoz berib, siyosiy tadbirga qatnashib chiqdik”, — deydi oila vakili Iftixor Ibragimov.

292-referendum uchastkasi raisi Komila Mamadiyevaning ma’lum qilishicha, fuqarolarning kayfiyati juda yuqori, ular ovoz berishga oilasi bilan, ko‘cha-ko‘cha bo‘lib tashrif buyurmoqda. 

Viloyatdagi referendum uchastkalarida ovoz berish jarayonlari davom etmoqda.

Mavzuga oid