Andijon viloyatining Baliqçi tumanida budjet mablağlarini talon-toroj qilgan şaxslar jinoiy jazoga tortildi. Kun.uz sud hujjati bilan tanişdi.

Sud hukmida keltirilişiça, Yoşlar işlari agentligi Baliqçi tuman bölimi sobiq boşliği, hozirda tumandagi Zulfiqor mahallasida hokim yordamçisi bölgan Ş.M. tuman hokimligi hisobçisi U.X. va sobiq boş hisobçisi N.A. (hozirda Yakkatol mahallasida hokim yordamçisi) bilan til biriktirgan. Ular 2023 yil iyul oyidan 2024 yil sentabr oyiga qadar bölgan davrda “Yoşlar daftari”ga kiritilgan 56 nafar fuqaroga davolaniş va 5 nafar fuqaro nomiga soxta hujjatlar asosida 228 mln 480 ming söm pul yozib olişgan.

Şuningdek, sudlanuvçilar 6 nafar fuqaroga haydovçilik kursi, 3 nafar fuqaroga öquv kursi, 3 nafar fuqaroga kontrakt va 5 nafar fuqaroga moddiy yordam uçun 2 marotabadan hamda 1 kişiga davolanişga deb 27 mln 436 ming söm pul çiqarib, budjet mablağlarini özlaştirgan. Biroq bundan fuqarolarning xabari bölmagan.

Bundan taşqari, uşbu şaxslar 2023-2024 yilda tumanda 5 taşabbus tadbirlariga sovğa oliş uçun ajratilgan 616 mln sömning 549 mln sömiga sovğa olib, qolgan 68 mln sömini talon-toroj qilgan.

Ş.M. sudda aybiga iqrorlik bildirgan hamda “Yoşlar daftari” jamğarmasi hisobidan çiqarilgan pullarni boşqa bank plastik kartalariga tuşirib, naqdlaştirib olganini bildirgan. U.X. va N.A. ham ayblariga iqror bölib, suddan yengillik söragan.

Jinoyat işlari böyiça Baliqçi tuman sudi hukmi bilan Ş.M. Jinoyat kodeksining 167-moddasi (özlaştiriş yoki rastrata yöli bilan talon-toroj qiliş) 3-qismi “a” bandi, 205-moddasi (hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qiliş) 2-qismi “a” bandi va 209-moddasi (mansab soxtakorligi) 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilgan. Unga 1,5 yil mansabdorlik va moddiy javobgarlik bilan boğliq lavozimlarda işlaş huquqidan mahrum etiş, iş haqining 20 foizini davlat daromadi hisobiga uşlab qolgan holda 2 yil muddatga axloq tuzatiş işlari jazosi tayinlangan.

U.X. va N.A. esa Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi “a” bandi va 209-moddasi 1-qismi bilan 1,5 yil mansabdorlik va moddiy javobgarlik bilan boğliq lavozimlarda işlaş huquqidan mahrum etiş, iş haqining 20 foizini davlat daromadi hisobiga uşlab qolgan holda 1,5 yil muddatga axloq tuzatiş işlari jazosiga tortilgan.

Jinoyat oqibatida yetkazilgan moddiy zarar qoplangan.