Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saida Mirziyoyeva Shveytsariyada O‘zbekiston mustaqilligiga bag‘ishlangan tadbirda nutq qildi
O‘zbekiston prezidenti administratsiyasi rahbari Jyenevadagi BMT binosida «O‘zbekiston xonasi» ochilishini e’lon qildi. Shuningdek, Jahon savdo tashkiloti bosh direktori Ngozi Okonjo-Iveala xonim bilan uchrashdi.
Foto: Telegram/Saida Mirziyoyeva
O‘zbekiston prezidenti administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Shveytsariyaning Jyeneva shahrida Jahon savdo tashkiloti bosh direktori Ngozi Okonjo-Iveala xonim bilan uchrashdi.
Muloqot davomida O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan tub o‘zgarishlar, JSTga a’zo bo‘lish yo‘lidagi yangi ehtimoliy qiyinchiliklar hamda ishonch va hamkorlikning muhim ahamiyati haqida ochiq fikr almashildi.

«Ngozi xonimga liderlik va doimiy qo‘llab-quvvatlov uchun minnatdorlik bildirdim. Bu jahon savdosi uchun muhim davr bo‘lib, O‘zbekiston islohotlar doirasida o‘z majburiyatlarini qat’iyat bilan bajarishda davom etadi», deb yozdi Saida Mirziyoyeva.
Shuningdek, Prezident administratsiyasi rahbari Jyenevada O‘zbekiston mustaqilligining 34 yilligiga bag‘ishlab tashkil etilgan qabul marosimida nutq so‘zladi.


Qabulda kelajak, islohotlar, barqaror taraqqiyot, madaniyat haqida, shuningdek, chegaralardan qat’i nazar, barchamiz uchun muhim bo‘lgan qadriyatlar xususida fikr almashildi.
«Bir yangilik bilan o‘rtoqlashishdan ayniqsa juda mamnunman: tez orada Jyenevadagi BMT binosida «O‘zbekiston xonasi» ochiladi. Bu — madaniyatimizning mo‘’jazgina bir bo‘lagi ko‘p millatli hamjamiyatga namoyish etiladigan maskan bo‘ladi. Ushbu maskan har qanday qiyinchilik va ziddiyatlarga qaramay, bizning dunyoga ochiqligimiz ramziga aylanadi», deb yozdi Saida Mirziyoyeva.


Mavzuga oid
15:03 / 20.12.2025
Saida Mirziyoyeva “Sehrlandiya” multfilmi haqida: “Bu – birinchi qadam”
20:18 / 19.12.2025
Saida Mirziyoyeva Walt Disney kompaniyasi vitse-prezidenti bilan uchrashdi
11:51 / 18.12.2025
"Bu - birlamchi tibbiy xizmat tizimidagi katta muammolarning aksi" - Saida Mirziyoyeva Urgutdagi oilaviy poliklinikada bo‘ldi
10:11 / 18.12.2025