Jamiyat | 19:00 / 12.12.2025
3348
2 daqiqa o‘qiladi
Reklama

“Navoiyuran” davlat korxonasining kredit reytingi yana bir pog‘onaga ko‘tarildi

Xalqaro reyting agentligi S&P Global Ratings “Navoiyuran” davlat korxonasining uzoq muddatli kredit reytingi (long-term issuer credit rating) prognoz ko‘rsatkichi “barqaror” (Outlook Stable)dan “ijobiy” (Outlook Positive)ga ko‘tarildi.

Foto: Navoiyuran

S&P agentligining BB-/positive reytingi «Navoiyuran» davlat korxonasida olib borilayotgan transformatsiya yo‘nalishlari to‘g‘riligi, korxona iqtisodiy-moliyaviy holati barqarorligini, ishlab chiqarish tannarxi pastligi va uran ishlab chiqarish hajmlari yillar davomida o‘sib borayotganligini hamda jahondagi uran ishlab chiqaruvchi yirik korxonalar bilan ijobiy hamkorlik olib borilayotganligini bildiradi.

Reyting agentligi kutilmasiga ko‘ra, EBITDA 2025 yil yakuni bilan sezilarli darajada o‘sishi kutilmoqda. Shu bilan birga, strategik sherikliklar va qo‘shma korxonalar orqali xorijiy investitsiyalar jalb qilinishi va daromadning barqaror o‘sishi kutilmoqda.

S&P Global Ratings hisob-kitobi bo‘yicha yevroobligatsiyalar va kreditlar orqali qo‘shimcha mablag‘lar jalb qilgani hisobga olinganda ham, qarz yukining EBITDAʼga nisbati (Leverage) ko‘rsatkichi 1 barobardan past. Shu bilan birga, mazkur ko‘rsatkich 2022 yildan buyon “Navoiyuran” DK qarz yukini past darajada saqlab kelmoqda.

“Yangilangan prognoz bizning ishlab chiqarish va moliyaviy barqarorlik strategiyalarimiz to‘g‘ri yo‘nalishda ekanligini tasdiqlaydi. Bu biz uchun faqat tashqi baho emas, balki korxona davlatning uzoq muddatli manfaatlarini hisobga olgan holda izchil va rejalashtirilgan yo‘l bilan harakatlanayotganini ko‘rsatadi", — deya ta’kidladi “Navoiyuran” davlat korxonasi bosh direktori Jamol Fayzullayev.

Shu bilan birga, S&P agentligi kelgusi yilda korxona kredit reytingini yana ko‘tarishini bildirib, bunda korxona daromadlilik darajasini saqlash, ishlab chiqarish prognoz ko‘rsatkichlari bajarish hamda operatsion pul oqimining (FFO) qarzga nisbati 60% dan yuqori bo‘lishi talab etiladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid