Unda «Navoiyuran» DKning global miqyosda faoliyat körsatişi böyiça özaro hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Korxona tabiiy uranni yerosti işqorlaş yöli bilan qazib oliş böyiça dunyoda yetakçi hisoblanadi.
Hozirgi vaqtda uşbu texnologiya asosida boşqa davlatlarda uran qazib oliş böyiça hukumatlar, kompaniyalar bilan özaro aloqa örnatiş va hamkorlik qiliş ustuvor ahamiyat kasb etmoqda.

«Navoiyuran» DK oxirgi uç yilda investitsiya jalb qilişga ehtiyoji mavjud korxonadan xorijga texnologiyalar böyiça investitsiya kiritişga tayyor va bu yönalişda aniq strategiyaga ega korxonaga aylandi.
Korxona boş direktori boşçiligida uşbu sohada keng kölamli va tizimli işlar amalga oşirilmoqda. Joriy yilda korxona öz imkoniyatlari va salohiyatini xalqaro taşkilotlar, konferensiyalarda muvaffaqiyatli taqdim etmoqda. Ilk bor joriy yil 1-4 iyun kunlari Avstraliyaning Sidney şahrida ötkazilgan WNFM yadro yonilğisi savdosi böyiça yillik hisobot konferensiyasi va 2-5 sentabr kunlari Londonda ötkazilgan Jahon yadro assotsiatsiyasi 50- yubiley simpoziumida muvaffaqiyatli iştirok etdi.

Korxona Möğuliston, Tojikiston, Avstraliya, Iordaniya, Indoneziya kabi mamlakatlarda qöşma loyihalarni amalga oşiriş böyiça huquqiy-taşkiliy çoralarni amalga oşirmoqda.












