Sustainable Fitch bahosiga köra, uşbu natija “Navoiyuran” DKning aniq va tizimli barqarorlik strategiyasi, ESG yönalişida olib borilayotgan izçil transformatsiya hamda korxonada taşkil etilgan kuçli korporativ boşqaruv tizimi samarasi hisoblanadi. Reyting ballining oşirilişi korxonaning ESG boşqaruvini takomillaştiriş borasidagi amaliy sa’y-harakatlari xalqaro miqyosda e’tirof etilganini tasdiqlaydi.
Reyting hisobotida “Navoiyuran” tomonidan işlab çiqarilayotgan tabiiy uran – atom energetikasi orqali issiqxona gazlari çiqindilarisiz energiya işlab çiqarişga xizmat qilişi ijobiy omil sifatida baholandi. Bu esa global miqyosda iqlim özgarişiga qarşi kuraşga qöşilayotgan muhim hissa sifatida e’tirof etildi.
Atrof-muhitni muhofaza qiliş yönalişida korxonaning keng qamrovli ekologik strategiyasi, asosiy ekologik körsatkiçlarning oçiq e’lon qilinişi, şuningdek, sönggi yillarda ekologik hodisalarning qayd etilmagani ijobiy baholandi.
Ijtimoiy yönalişda korxonaning inson huquqlari va mehnat munosabatlari böyiça tasdiqlangan siyosatlari, mehnat şaroitlarining yuqori darajadaligi hamda sönggi uç yil davomida ijtimoiy hodisalarning qayd etilmagani yuqori bahoga sazovor böldi. Bundan taşqari, gender tengligi böyiça korxonada olib borilayotgan keng qamrovli işlar, xususan, korxona boşqaruvida ayol xodimlar iştiroki ortganligi alohida qayd etildi. Uşbu omillar “Navoiyuran” DK xodimlar uçun xavfsiz, barqaror va teng huquqli mehnat muhitini şakllantirişga alohida e’tibor qaratayotganini körsatadi.
Korporativ boşqaruv sohasida kompaniyaning milliy va xalqaro boşqaruv standartlariga muvofiq faoliyat yuritişi, Kuzatuv kengaşi va Boş direktor vakolatlarining aniq ajratilgani boşqaruvda muvozanat, şaffoflik va mas’uliyatni ta’minlayotgani ijobiy baholandi.
Mazkur ESG reyting natijalari “Navoiyuran” davlat korxonasining mas’uliyatli boşqaruv, barqaror rivojlaniş va oçiqlik tamoyillariga amal qilayotgan işonçli va barqaror kompaniya sifatidagi mavqeini mustahkamlaydi hamda Yangi Özbekistonning barqaror rivojlaniş maqsadlariga erişişda munosib hissa qöşayotganini tasdiqlaydi.
Reklama huquqi asosida











