Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Maltadagi pirotexnika zavodida kuchli portlash ro‘y berdi
1 iyun tongida Maltaning Salina buxtasi hududidagi Lourdes Fireworks Factory zavodida kuchli portlash ro‘y berdi. Voqea joyida ko‘tarilgan tutun ustuni shahar tashqarisidagi qishloqlardan ham ko‘ringan.
Times of Malta nashri ma’lumotiga ko‘ra, hodisa oqibatida uch kishi yaralanib, shifoxonaga yotqizilgan – shundan ikki nafari bu vaqtda zavod atrofidagi dalada ishlayotgan 47 va 67 yoshdagi fermerlar, yana biri zavod yaqinidan o‘tib ketayotgan kurer bo‘lgan.
Zavod xodimlari orasida jabrlanuvchilar borligi haqida hozircha ma’lumot yo‘q.
Portlash yaqin atrofdagi uylar va avtomobillarga zarar yetkazgan. Asosiy portlashdan keyin kichik detonatsiyalar ro‘y berib, mahalliy aholi xavfli hududdan evakuatsiya qilingan. Fermer xo‘jaliklari sezilarli darajada zarar ko‘rgan, xususan, chorva mollari nobud bo‘lgan.

2018 yilda ham ushbu zavodda portlash ro‘y bergan, o‘shanda ikki kishi jiddiy tan jarohati olgandi.
Mavzuga oid
22:04 / 31.05.2026
Myanmada binoda yuz bergan portlash oqibatida 46 kishi halok bo‘ldi
22:01 / 23.05.2026
Shavkat Mirziyoyev Si Jingpingga hamdardlik bildirdi
11:57 / 17.05.2026
Oqbo‘yradagi portlash yuzasidan Qonunchilik palatasi deputati vazirlikka so‘rov jo‘natdi
22:09 / 16.05.2026