O‘zbekiston | 10:47 / 25.07.2025
6341
1 daqiqa o‘qiladi

Hafta oxirida harorat sezilarli darajada salqinlashadi

Issiq biroz pasayishiga qaramay, shanba kuni havo +38…+40 daraja atrofida bo‘ladi. Yakshanba kuni esa harorat +34…+37 darajagacha pasayadi.

Foto: Kun.uz

Yakshanba kuni havo sezilarli darajada salqinlashadi, deya xabar bermoqda «O‘zgidromet».

Issiq biroz pasayishiga qaramay, bugun va ertaga O‘zbekiston hududi bo‘yicha kunduz kunlari +38...+40 daraja atrofida, respublika janubida +41...+43 darajagacha bo‘lgan nisbatan yuqori havo harorati saqlanib turadi.

Yakshanba kuni havo sezilarli darajada salqinlashadi, harorat +34...+37 darajagacha, janubda +38...+39 darajagacha pasayadi.

O‘zbekistonning barcha hududlari bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi. Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 1318 metr/soniyagacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.

Toshkent shahrida havo biroz bulutli, vaqti-vaqti bilan o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol birozdan o‘rtacha tezlikgacha esadi.

Harorat kunduz kunlari 25–26 iyulda +38...+40 daraja, 27 iyulda +35...+37 daraja, kechalari esa asosan +22...+25 daraja bo‘ladi.

Mavzuga oid