Avvalo, boşlanğiç tuşunçalar bilan tanişib çiqamiz. Oyoq-qöllarning muzlaşi aksariyat holatlarda odatiy bölişi mumkin. Ular doimo sovuqni birinçi sezadi va oxirida isiydi. Bu hayotda qoliş mexanizmining muhim elementidir.

Sovuq muhit şaroitiga tuşib qolsak, miya qöl-oyoqlardagi tomirlarni siqilişga majbur qilib, qon aylanişi çeklanadi. Qon kamroq soviydi va oyoq yoki kaftlardan köra muhimroq bölgan içki organlarda issiqlikni uşlab turişga yordam beradi.

Biroq, ba'zida boşqaça böladi: muhit unçalik ham sovuq emasga öxşaydi, ammo qöllaringiz va oyoqlaringiz baribir muzlay boşlaydi va ularni qizdira olmaysiz. Bu nima bilan boğliq bölişi haqida quyida öqiysiz.

1. Siz taşvişlanasiz, stressga tuşgansiz

Stressli vaziyatga organizmning tabiiy javob bu qonga adrenalin çiqarilişidir. Uşbu gormon tanani safarbar qilişga yordam beradi va «jang yoki yuguriş» holatiga samarali tayyorlaydi. Atrofdagi qon tomirlarining keskin torayişi tayyorgarlikning muhim jihatlaridan biri hisoblanadi. Jang yoki yuguriş paytida qöl yoki oyoğingizdan jarohat oliş vaziyatida uşbu qisiliş kerak böladi: qon yöqotiş kamroq böladi, demakki, hayotingizni xavf ostida qoldirmaydi.

Albatta, zamonaviy hayotda stressning yirtqiç hamlasi yoki ötkir qiliç bilan qurollangan duşmanning hujumi bilan boğliqligi kamdan-kam uçraydi. Ammo tananing reaksiyalari özgarmasdir: oyoq-qöllardagi tomirlar keskin torayadi, qon aylanişi yomonlaşadi. Natijada qöl va oyoqlarda harorat tuşib ketadi. 

Çorasi qanday?
Eng muhimi, dam oliş va tinçlaniş. Stressdan xalos bölişingiz bilan oyoqlaringiz va qöllaringiz yana isiy boşlaydi.

2. Sizda qon aylanişi bilan boğliq muammolar mavjud

Qon aylanişining yomonligi, oyoq-qöllar muzdek bölişining eng keng tarqalgan sabablaridan biridir. Qon aylanişining yomonlaşişiga turli omillar sabab bölişi mumkin: 

  • tomirlarni toraytiradigan noqulay holatda turiş;
  • tomirlarning varikoz kengayişi; 
  • xolesterin oşişi, u tomirlarda qon oqimiga xalaqit qiladigan tangaçalar (blyaki) yuzaga kelltiradi;
  • çekiş;