Shish foydali bo‘lishi mumkin. Lekin aksariyat holatlarda u salomatligimizda qandaydir noodatiylik yuz berayotganidan dalolat beradi. Bu «noodatiylik» ilk payqalgandagi «qo‘rqinchli joyi yo‘q» holatidan tez rivojlanuvchi biror kasallikkacha o‘zgarish manzarasini hosil qilishi mumkin. Shu sababli shishlarni nazoratsiz qoldirmang.
Qaysi holatlarda tibbiy yordamga zarurat bor?
Quyidagi alomatlar kuzatilganda, zudlik bilan tez tibbiy yordam chaqirish kerak:
- shish birdaniga paydo bo‘lsa va hajmi tez fursatda kattalashsa;
- shish qayerda joylashishidan qat'i nazar, nafas qisishi va ko‘krak qafasida og‘riq kuzatilsa;
- shish paydo bo‘lishi bilan bir vaqtda bezovtalik, qattiq bosh aylanishi va kuchli bosh og‘rig‘i yuzaga kelsa;
- faqat bir oyog‘ingiz shishsa.
Tez yordam zarurat emas, biroq iloji boricha shifokor qabuliga shoshilgan ma'qul:
- shish (har qaysi tana qismida) vaqt o‘tishi bilan qaytib ketmasa;
- yurak, jigar yoki buyragingiz xasta bo‘lsa;
- shishgan et qizarsa va qo‘l tekkizganda issiq tuyilsa;
- shish isitmalash va qaltirash alomatlari bilan kelsa;
- homiladorlikda.
Shish nima o‘zi?
Shishlar tana to‘qimalarida suv yig‘ilganda yuzaga keladi. Oyoq shishlari eng ko‘p uchraydi — to‘piq suyagi va oyoq yuzasida suyuqlik to‘planishi. Tananing boshqa qismlarida, qo‘llarda, qorin va yuz shishlari ham tez-tez kuzatiladi.
Ortiqcha suv qon tomirlaridan paydo bo‘ladi: axir u qon plazmasining asosi-ku.
Qon organizmning u yoki bu qismida harakatsiz turib qolsa, namlik qon tomirlari devorlari orqali hujayralar orasidagi bo‘shliqqa sizib chiqa boshlaydi. Yana boshqa holatlar ham mavjud: qon tomiri devori biror ma'lum sabab natijasida namlikni o‘tkazuvchan bo‘lib qolishi yoki to‘qimalarda ortiqcha suyuqlikni o‘zida saqlovchi moddalar uchraydi. Sizda aynan qaysiligi shishning kelib chiqish sababiga bog‘liq.
Shishning sababi nima?
Quyida nisbatan keng tarqalgan sabablar keltiriladi:








