O‘zbekiston | 22:37 / 09.12.2022
15412
1 daqiqa o‘qiladi

Komil Allamjonov va Saida Mirziyoyeva AQShning O‘zbekistondagi elchisi bilan uchrashdi 

9 dekabr kuni O‘zbekiston prezident administratsiyasi rahbari o‘rinbosari Komil Allamjonov va administratsiya shu’ba mudiri Saida Mirziyoyeva AQShning O‘zbekistondagi yangi elchisi Jonatan Xenik bilan uchrashdi.  

Foto: Telegram / Komil Allamjonov

Ma’lum qilinishicha, uchrashuvda O‘zbekistondagi islohotlar, ochiqlik va so‘z erkinligini ta’minlash, ta’lim sohasini yanada rivojlantirish kabi masalalar yuzasidan fikr almashilgan.  

«Xususan, mamlakatimizda ingliz tili o‘qituvchilari malakasini oshirish, gender tengligi va xotin-qizlar huquqlarini himoya qilish, OAV, davlat organlarining axborot xizmatlari malakasini oshirish, media savodxonlik va boshqa ko‘plab sohalarda hamkorlik qilish imkoniyatlarini muhokama qildik», – deyiladi xabarda.

Mavzuga oid