Içki işlar vazirining buyruği bilan, IIV Tezkor qidiruv departamenti Jinoyat qidiruv xizmati boşliği polkovnik Ahrorjon Xalimjonoviç Adhamov lavozimidan ozod etildi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.
Uşbu buyruqqa köra, Toşkent şahar IIBB boşliğining birinçi örinbosari polkovnik Doniyor Baxtiyoroviç Toşxöjayev ham lavozimidan ham ozod etilgan.
Ayni paytda, Toşkent şahar IIBB boşliğining buyruği bilan, boşqarmaning Tezkor qidiruv xizmati Jinoyat qidiruv boşqarmasi Uyuşgan jinoyatçilikka qarşi kuraşiş bölimi boşliği podpolkovnik Sobirov Timur Akramoviç lavozimidan ozod etilgan. Bu haqda IIBB matbuot xizmati ma’lum qildi.

Avvalroq Davlat xavfsizlik xizmati raisi Abdusalom Azizov lavozimidan olinib, mudofaa vaziri Bahodir Qurbonov DXX raisligiga tayinlangan edi. Mudofaa vazirining birinçi örinbosari, Qurolli Kuçlar Boş ştabi boşliği lavozimida işlab kelgan Şuhrat Xolmuhammedov mudofaa vaziri lavozimida iş boşlagan.
Kun.uz manbasiga köra, DXXdagi kabi IIV tizimidagi iste’folar ham ötgan oyda Prezident administratsiyasi sobiq mulozimi Komil Allamjonovga uyuştirilgan suiqasd bilan boğliq hisoblanadi.
- Ahrorjon Adhamov va Timur Sobirov egallab turgan lavozimlariga qaçon tayinlangani ma’lum emas. Içki işlar vazirligi 2019 yil iyun oyida Ahrorjon Adhamov Farğona viloyati Içki işlar boşqarmasi boşliğining birinçi örinbosari etib tayinlanganini











