Boş prokuratura Prezident administratsiyasi sobiq mulozimi Komil Allamjonovga suiqasd yuzasidan navbatdagi ma’lumotlarni taqdim etdi.

«Boş prokuratura tomonidan Qibray tumanida Özbekiston Respublikasi prezidenti administratsiyasi axborot siyosati departamentining sobiq rahbari Komil Allamjonovga nisbatan sodir etilgan qotillikka suiqasd qiliş bilan boğliq jinoyat işi yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.  

Tergov harakatlari davomida hodisa sodir bölgan joyni va ayblanuvçilar boşqaruvida bölgan avtomaşinalarni közdan keçiriş hamda ular istiqomat qilgan xonadonlarda ötkazilgan tintuvlarda işga aloqador bölgan aşyoviy dalillar aniqlanib olindi. 

Ötkazilgan tergov va tezkor–qidiruv tadbirlari davomida uşbu jinoyatni sodir etişga aloqador bölgan jami 7 nafar şaxs aniqlanib, 5 nafariga nisbatan qamoqqa oliş ehtiyot çorasi qöllandi, şuningdek, 2 nafariga nisbatan qidiruv e’lon qilingan edi.

Qidiruvda bölgan ayblanuvçi K.S.ning Qozoğiston Respublikasida yaşiringan manzili aniqlanib, uning iştirokida tergov harakatlari olib borildi.

Şuningdek, qidiruvda bölgan ayblanuvçi Javlon Yunusov Janubiy Koreya Respublikasida qölga olinib, Özbekistonga ekstraditsiya qilindi», deyiladi xabarda.

Tergov harakatlari davom etmoqda.

Bungaça nimalar bölgandi?

Joriy yilning 26 oktyabr kuni soat 1:40 atrofida Toşkent viloyatining Qibray tumanidagi Ifor köçasida ikki nafar noma’lum şaxs harakatdagi Range Rover rusumli yöltanlamas avtomobilga öqotar quroldan bir neça marta öq uzib, voqea joyidan qoçib ketgandi. Hujum nişoni prezident administratsiyasi axborot siyosati departamentining sobiq rahbari Komil Allamjonov edi, u va yonidagilar jabrlanmagan.

Boş prokuraturaning 27 oktyabr kungi xabarida öq uzganlardan biri gumonlanuvçi tariqasida uşlangani aytilgandi. 28 oktyabr kuni yana uç gumondor qölga olingani ma’lum qilindi