Prezident Administratsiyasi sobiq mulozimi Komil Allamjonovga suiqasddan 1 oy ötib jinoyatni sodir etganlar hamda ularga buyurtma berganlarning 7 nafari uşlandi. Asosiy figurant sifatida körilayotgan Javlon Yunusov Janubiy Koreyadan uşlab kelindi. Şuningdek, bir guruh amaldorlar jinoyatni foş etişga tösqinlik qilib kelgani oydinlaşdi. DXX raisi Abdusalom Azizov, DXX Içki xavfsizlik boşqarmasi boşliği Alijon Aşurov, uning ukasi – boş vazir yordamçisi Sarvar Aşurov, IIV Jinoyat qidiruv xizmati boşliği Ahrorjon Adhamov va Toşkent şahar IIBB boşliği birinçi örinbosari Doniyor Toşxöjayev işdan olingan.
Özbekiston prezidenti ma’muriyati Axborot siyosati departamenti sobiq rahbari Komil Allamjonovga suiqasd yuzasidan yangi ma’lumotlar paydo böldi. Unda aytilişiça, ayblanuvçilardan biri Janubiy Koreyadan uşlab kelingan.
Iş nazoratida bölgan Boş prokuratura suiqasddan bir oy ötib ilk marta suiqasd taşkilotçilari Komil Allamjonovni öldirişga uringanini ma’lum qildi. Avvalgi barça bayonotlarda sobiq mulozim nomi tilga olinmagan va berilgan axborotlar öta mavhum edi.
Javlon Yunusov kim?
Boş prokuratura axborotida aytilişiça, tergov jarayonida ayblanuvçilar xonadonlari va maşinalarida tintuv ötkazilgan. Iş doirasida dastlab 5 kişi qölga olinib, ularga qamoqqa oliş ehtiyot çorasi qöllangan. Yana 2 kişi qidiruvga berilgan.
Keyinroq ularning ikkisi ham topilgan. K.S ismli şaxsning Qozoğistondagi yaşiringan manzili topilib, u tergov qilingan.
Iş böyiça ismi oçiq e’lon qilingan yagona ayblanuvçi – Javlon Yunusov. Boş prokuratura xabarida aytilişiça, Yunusov Janubiy Koreyada qölga olingan va Özbekistonga olib kelingan. Tergov harakatlari davom etmoqda.
Javlon Yunusov nomi ilk bor xorijiy naşrlarning Allamjonovga suiqasd böyiça suriştiruvlarida tilga olingandi. 36 yoşli Yunusov Interpol orqali qidiruvga berilgan, keyin esa Janubiy Koreyada qölga olingan. U farğonalik bölib, rafiqasi koreys millatiga mansub Natalya Fen ekani ma’lum.
OAV ma’lumotiga köra, Yunusov suiqasd buyurtmaçisi va ijroçilar örtasida vositaçilik qilgan bölişi mumkin.
U muqaddam Özbekiston Jinoyat kodeksining 168 («Firibgarlik») va 105 («Qasddan badanga örtaça oğir şikast yetkaziş») moddalari böyiça bir neça bor sudlangan.










