Bu bir vaqtning özida ham muvaffaqiyat, ham muvaffaqiyatsizlikdir, çunki Pfizer va Moderna kompaniyalarining vaksinalari 95 foizlik himoyani ta'minlaşi ma'lum bölgandi. Rossiyadagi Sputnik V vaksinasi samaradorligi esa 92 foizga baholangan.
Şu bilan birga, britaniyaliklarning vaksinasi sezilarli darajada arzon, uni haddan taşqari past haroratda saqlaş talab qilinmaydi, şu tufayli uni dunyoning istalgan burçagiga osonlik bilan yetkazib beriş mumkin. Işlab çiqaruvçilarning ma'lum qilişiça,vaksinani Tselsiy böyiça 2-8 darajada saqlaş va yetkazib beriş mumkin, vaksinatsiya jarayoni esa alohida şaroitlarni talab qilmaydi.
«Bugungi xabar bizni bu virusning halokatli oqibatlarini tugatişimiz mumkin bölgan vaqt tomon yanada yaqinlaştirdi», dedi yangi vaksina işlab çiqaruvçilaridan biri bölgan professor Sara Gilbert.
AstraZeneca Britaniya uçun yil oxiriga qadar 4 mln doza vaksina tayyorlaşni rejalaştirgan, 2021 yil bahoriga qadar esa bu miqdor 40 mln dozaga yetkaziladi. Butun dunyo uçun esa kompaniya 3 mlrd doza vaksina tayyorlab bermoqçi.
Xavfsizlik böyiça talablar bajarilgani, samaradorligi va işlab çiqariş standartlariga javob berişi tasdiqlaganidan keyin emlaş boşlanişi mumkin.

Uşbu vaksina sinovlarida Britaniya va Braziliyada 20 mingdan ortiq köngilli iştirok etgan.
Sinovlar natijasida ma'lum bölişiça, bir oy farq bilan ikki marta kuçli doza berilganida samaradorlik 62 foizga teng böladi, agar dastlab kiçik doza berilib, bir oydan keyin doza oşirilganida samaradorlik 90 foizgaça yetişi mumkin.
«90 foiz - bu juda qiziq natija, bu şuni anglatadiki, agar biz birinçi inʼeksiya vaqtida dozaning faqat yarmini bersak, bizda köproq vaksina böladi», degan BBC bilan intervyuda klinik sinovlarga mas'ul bölgan professor Endryu Pollard.
Vaksinaning asosini odamlarda xavf tuğdirmaydigan, şimpanzelarda şamollaşni qözğatuvçi virus taşkil etadi. Şu bilan birga, bu virus genetik jihatdan şunday özgartirilganki, inson organizmi uni COVID-19 koronavirusi sifatida qabul qilmoqda.
Vaksina 14 kun davomida organizmning soğlom hujayralarini zararli virus hujayralariga hujum qilişga undagan. Antitanalar virusni 28 kun içida zararsizlantirgan.
Bu virus odamlarga yuqmasligi uçun özgartirilgan, u matritsalarni inson organizmiga olib kiradi, matritsalar esa koronavirusning boşoqli oqsillarini işlab çiqaradi, immun tizimi ularni taniydi va ularga qarşi kuraşa boşlaydi.
AstraZeneca pandemiya davrida vaksinadan foyda oliş niyatida emasligini va uning bir dozasi uçun 4-5 dollar narx belgilaşini bildirgan.
Taqqoslaş uçun, Johnson & Johnson vaksinasi 10 dollar, Pfizer vaksinasi 19,5 dollar, Moderna vaksinasi esa 25-37 dollar atrofida böladi. Bundan taşqari, AstraZeneca vaksinasini oddiy muzlatkiçda ham saqlaş mumkin. Pfizer va Moderna vaksinalarini saqlaş uçun esa ança past harorat talab qilinadi. Masalan, Pfizer vaksinasi minus 70 daraja haroratda saqlanişi lozim.













