Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Germaniya, Yaponiya, Hindiston va Braziliya BMT XKning doimiy a'zolari bo‘lishga intilmoqda
Foto: AP
“Katta to‘rtlik” deb ataluvchi Braziliya, Germaniya, Hindiston va Yaponiya tashqi ishlar vazirlari BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasi doirasida uchrashuv o‘tkazishdi. Ushbu mamlakatlar BMT Xavfsizlik kengashining doimiy a'zoligini qo‘lga kiritish niyatida ekanliklarini tasdiqlashdi, deb xabar qilmoqda DPA.
“XKning hozirgi tarkibi global o‘zgarishlarni o‘zida aks ettirmaydi”, - deyiladi uchrashuvning yakunida qabul qilingan hujjatda. Agentlikning qayd etishicha, mazkur 4 davlat bir necha 10 yillardan buyon shunday talabni ilgari surib keladi.
Xavfsizlik kengashining veto huquqiga ega bo‘lgan doimiy a'zolari sifatida Ikkinchi jahon urushida g‘alaba qozongan davlatlar AQSh, Buyuk Britaniya, Xitoy, Fransiya va SSSR bo‘lgan edi.
BMT XKni isloh qilish bo‘yicha hukumatlararo muzokaralar bir necha yillardan beri olib boriladi. Ammo mamlakatlar hozircha, asosiy masalalar, jumladan BMT XKning optimal tarkibi, doimiy va muvaqqat a'zolari soni, veto huquqidan foydalanish bo‘yicha yakdil fikrga kela olgani yo‘q. XKning doimiy a'zoligiga ehtimoliy nomzodlar orasida Braziliya, Germaniya, Hindiston, Indoneziya, JAR va Yaponiya bor. Umuman, XK so‘nggi marotaba 1965 yili kengaytirilgan va 11 tadan 15 taga yetkazilgan.
Mavzuga oid
15:54 / 15.01.2026
«Barcha dron operatorlari jangovar vazifani bajarishga tayyor» – O‘zbekiston mudofaa vaziri
15:01 / 15.01.2026
O‘zbekiston uchun 4 ta asosiy tahdid va chegaralarni qo‘riqlayotgan Bayraktar – DXX raisi hisoboti
15:27 / 14.01.2026
BMT: 2025 yil Ukrainada tinch aholi uchun eng qonli yil bo‘ldi
15:51 / 13.01.2026