13 yanvar kuni Özbekiston prezidenti, qurolli kuçlar oliy boş qömondoni Şavkat Mirziyoyev raisligida Xavfsizlik kengaşining kengaytirilgan yiğilişi bölib ötdi. Yiğilişda Özbekiston xavfsizligini ta’minlaş, mudofaa qobiliyatini mustahkamlaş borasidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Yiğilişda Özbekiston mudofaa vaziri, general -leytenant Şuhrat Xolmuhamedovning hisoboti ham tinglandi. Mudofaa vaziri barça poligonlarda yerosti pozitsiyalari, dronlarni boşqariş öquv obektlari qurilganini ma’lum qilgan.

«Barça poligonlarda yerosti pozitsiyalari, dronlarni boşqariş öquv obektlari, Çirçiq, Angren va maxsus operatsiya kuçlari poligonida skalodrom va motodromlar, Sariosiyo va Nuriston poligonida jangovar liniyalar yangidan barpo etildi.

Uçuvçisiz komplekslar mutaxassislarini tayyorlaş markazi taşkil etilib, 340 nafar mutaxassis öqitildi va sinovdan ötkazildi. Aytişim joizki, askarlarimiz qisqa muddatda eng qiyin bölgan FPV-dronlarni boşqariş, nişonlarga aniq zarba beriş könikmalarini töliq özlaştirişdi. Bugungi kunda barça FPV-dron operatorlari jangovar vazifani bajarişga tayyor», – deydi mudofaa vaziri.

Vazirning ta’kidlaşiça, havo hujumidan mudofaa bölinmalari yangi olingan zenit komplekslarini muvaffaqiyatli sinovdan ötkazgan.

«Kulquduq poligonida havo hujumidan mudofaa bölinmalari mamlakat havo sarhadlarini himoya qiliş böyiça siz olib bergan KS-1, FD-2000, Peçora, QV-18, FM-90 zenit komplekslaridan birinçi marta tunda va qiyin ob-havo şaroitida «bir nişon – bir raketa» tamoyilida jangovar otişlar ötkazilib, eşelonlaştirilgan havo hujumidan mudofaa tizimini yaratişga erişildi.

Kattaqörğon poligonida ilk marta modernizatsiya qilingan Su-25 samolyotidan 4000 metr balandlikda boşqariladigan Lizard-3 va FAB-250 aviabombalari bilan şartli duşmanning qömondonlik punkti va zirhli texnikalar kolonasi yakson etildi», – deydi vazir.

Şuningdek armiyada sun’iy intellekt va robotlaştirilgan majmualarni yaratiş, kiberxavfsizlikni ta’minlaş yuzasidan berilgan barça topşiriqlar sifatli bajarilayotgani aytildi.

Hisobot davrida Özbekistondagi harbiy zavodlarda 7000 dan ortiq qurol-aslaha, 452 ta jangovar texnika ta’mirlangan. 110 mingdan ortiq butlovçi qismlar va 14 ta yangi trenajyor işlab çiqarilgan. Zavodlarning 760 nafar mutaxassislari maxsus kurslarda öqitilgan.