Özbekiston Davlat xavfsizlik xizmati raisi Bahodir Qurbonov 13 yanvar kuni prezident Şavkat Mirziyoyev raisligida ötgan Xavfsizlik kengaşi yiğilişida ötgan yilgi yiğilişda berilgan topşiriqlar ijrosi yuzasidan hisobot berdi.

Tadbirda prezident Şavkat Mirziyoyev sakkiz yil oldin qabul qilingan mudofaa doktrinasi hamda 1997 yilda qabul qilingan milliy xavfsizlik konsepsiyasini qayta körib çiqiş vaqti kelganini ta’kidlagan.

«Yangi mudofaa doktrinasi mamlakatimizning heç qaysi harbiy blokka qöşilmaslik maqomini saqlab qolişi, köp tomonlama diplomatiyaga tayanişda davom etişi, yuqori texnologiyalarga asoslangan strategik harbiy mustaqillik va mintaqaviy barqarorlik yönalişida rivojlanişini ta’minlaşi lozimligi qayd etildi», – deyiladi «Özbekiston 24» telekanalida ketgan reportajda.

DXX raisi bugungi kunga kelib davlat çegarasining 42 foizi videokuzatuv tizimi bilan jihozlangani, 1117 kilometr optik tolali aloqa liniyasi tortilganini aytib ötgan.

«Çegara bölinmalari zamonaviy uçuvçisiz uçiş apparatlari bilan ta’minlandi. Bayraktar uçuvçisiz uçiş apparatlari bilan butlangan yangi maxsus bölinmaning jangovar navbatçiligi yölga qöyildi. Jangovar tayyorgarlik tadbirlari intensivligi va sifat körsatkiçlari oşirildi», – deydi Qurbonov.

Şuningdek, xalqaro aeroportlarni qöriqlaş vazifasi DXXga yuklanib, «Loçin» brigadasi qayta taşkil etilgan. Qisqa vaqtda uşbu brigadaning qurol-aslahalari töliq yangilanib, 100 ga yaqin texnika almaştirilgan. Toşkent va «Toşkent Humo» aeroportlarini qöriqlaş böyiça nazorat-patrul guruhlari asosida yangi tizim joriy etilgan. 2026 yilda uşbu samarali amaliyot Özbekistonning barça aeroportlarida qöllanadi.

Bahodir Qurbonov bugungi kunda yuzaga kelayotgan asosiy tahdidlar va ularga qarşi kuraş böyiça ham ma’lumot berdi.

Unga köra, Özbekiston uçun quyidagi tört asosiy tahdid mavjud:

Terrorçilik xurujlari

DXX raisi ma’lum qilişiça, 2026 yilda Özbekistonda va xorijda amalga oşirilişi rejalaştirilgan 11 ta teraktning oldi olingan. Ularga aloqador 11 nafar markaziy osiyolik şaxsning destruktiv faoliyatiga çek qöyilgan.