Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Noyabr oyi oxirigacha respublikadagi barcha bog‘chalar ochiladi – MTV
Faoliyatini qayta tiklash va bolalarni qabul qilish huquqi Sanitariya-epidemiologiya xizmatidan ruxsat olgan MTTlarga beriladi.
Maktabgacha ta'lim vazirligining ma'lum qilishicha, ayni paytda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi bilan birgalikda Xalq deputatlari kengashlarining ruxsatini olishni kutayotgan maktabgacha ta'lim muassasalarida tayyorgarlik ishlarini tezlashtirish uchun ishlarni olib bormoqda.
Faoliyatini qayta tiklash va bolalarni qabul qilish huquqi Sanitariya-epidemiologiya xizmatidan ruxsat olgan MTTlarga beriladi. Shu bilan birga, qurilish-ta'mirlash ishlari olib borilayotgan yoki xodimlarida koronavirus aniqlangan bog‘chalar yopiqligicha qoladi.
Jumladan, Sirdaryo viloyatida 20ta bog‘cha yil oxirigacha yopiq bo‘ladi, Toshkent viloyatida esa 104ta bog‘cha ta'mirlash ishlari olib borilayotgani tufayli ishlamay turadi. Respublikada yana 4ta maktabgacha ta'lim muassasasi avariya holatida, ularni 2021 yil investitsiya dasturiga kiritish tavsiya qilinmoqda. Toshkent shahrida esa 80ta MTTda ta'mirlash ishlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, ayni paytda 5 385ta davlat MTT ochilgan (89 foiz), ularda 691 271 nafar bola tarbiyalanmoqda.
Mavzuga oid
11:45 / 24.01.2026
Xorazmda xususiy bog‘cha vafot etgan bolalarni tarbiyalanuvchi sifatida ko‘rsatib, subsidiya o‘zlashtirdi
09:22 / 14.01.2026
Repetitorlik, til kurslari va bog‘cha xizmatlari qimmatlashdi
10:07 / 26.12.2025
Maktabgacha va maktab ta’limi: 2025 yilda 59 ta yangi maktab ishga tushirildi
10:40 / 04.12.2025