Brifingda qayd etilişiça, joriy yilda 59 ta yangi maktab faoliyati yölga qöyilib, mamlakatdagi maktablar soni 10 193 taga, öquvçilar soni esa 6,5 mln nafarga yetkazilgan.
Şuningdek, 2024–2025 öquv yili yakunlariga köra 433 503 nafar 11-sinf hamda 633 952 nafar 9-sinf bitiruvçisiga tegişli şahodatnomalar berilgan.
Maktabgaça ta’lim yönalişida bolalarni qamrab oliş körsatkiçi 78 foizga, 6 yoşli bolalar qamrovi esa 98 foizga yetkazilgani ta’kidlandi.
Infratuzilmani yangilaş doirasida maktablarning 43 tasida yangi quriliş, 371 tasida rekonstruksiya, 88 tasida mukammal ta’mirlaş işlari bajarilgan. Maktabgaça ta’lim taşkilotlarining esa 103 tasida yangi quriliş, 191 tasida rekonstruksiya, 36 tasida mukammal ta’mirlaş işlari amalga oşirilgan.
Natijada maktablarda 142 mingga yaqin qöşimça öquv örni yaratilgan, şu bilan birga 92 ming 400 örinli mavjud binolar mukammal ta’mirlangan.
Öquvçilarni nufuzli oliy ta’lim muassasalariga maqsadli tayyorlaşga qaratilgan «Prezident iqtidorli farzandlari» milliy dasturi işga tuşirilib, dasturga 2 642 ta hujjat qabul qilingan.
Ta’lim taşkilotlari xodimlarini moddiy qöllab-quvvatlaş maqsadida esa joriy yilda maktab direktori bazaviy tarif stavkasi 20 foizga, direktor örinbosari bazaviy tarif stavkasi 15 foizga oşirilgan.











