Xorazmda subsidiya mablağlarini özlaştirgan nodavlat boğça mansabdorlari jinoiy jazoga tortildi. Kun.uz sud hujjatlari bilan tanişdi.

Sud hukmida keltirilişiça, 1965 yilda tuğilgan Z.Yu. Şovot tumanidagi nodavlat maktabgaça ta’lim taşkiloti rahbari lavozimida işlab kelgan. U 2019 yil 6 mayda Maktabgaça ta’lim vazirligi bilan maktabgaça ta’lim sohasida davlat-xususiy şerikçilik töğrisida bitim tuzgan.

Z.Yu. 2023 yilda 12 nafar, 2024 yilda 19 nafar, 2025 yilda 12 nafar uşbu nodavlat boğçaga kelmagan bolalarni göyoki tarbiyalanuvçi sifatida körsatgan. U hatto 2 nafari vafot etgan bolani ham röyxatga kiritgan hamda maxsus onlayn platformaga soxta ma’lumotlarni yuklagan. Bu orqali 70 mln söm subsidiya mablağlari ajratilişiga erişgan. Uşbu pul mablağlarini esa öz şaxsiy ehtiyojlariga işlatib yuborgan.

Şuningdek, Z.Yu. 2021 yil 14 fevralda Şovot tumanida turmuş örtoği R.A.ning nomiga oilaviy boğça taşkil qilgan. 2022 yil 30 avgustda Maktabgaça ta’lim vazirligi bilan maktabgaça ta’lim sohasida davlat-xususiy şerikçilik töğrisida bitim tuzişga erişgan. Er-xotin 2023 yilda 15 nafar, 2024 yilda 38 nafar haqiqatda uşbu oilaviy boğçaga qatnamagan hamda 2 nafar vafot etgan bolani tarbiyalanuvçi sifatida körsatgan. Söngra maxsus onlayn platformaga soxta ma’lumotlar yuklab, 91 mln söm subsidiya mablağlarini talon-toroj qilişgan.

Sudlanuvçilar özlariga qöyilgan aybga qisman iqror bölişgan. Ularning aybi guvohlarning körsatmalari, mutaxassislarning tekşiruv ma’lumotlari hamda boşqa dalillar bilan öz tasdiğini topgan. Xususan, sudda guvoh sifatida söralgan ota-onalar haqiqatan farzandlarini uşbu boğçalarga berişmagani, hatto bu xususiy boğçalar qayerda joylaşganini ham bilişmasligi haqida körsatma berişgan.

JIB Gurlan tuman sudining hukmi bilan sudlanuvçilar özlaştiriş yoki rastrata yöli bilan talon-toroj qiliş hamda hujjatlar, ştamplar, muhrlar, blankalar tayyorlaş, ularni qalbakilaştiriş, sotiş yoki ulardan foydalaniş jinoyatlarini sodir qilişda aybli deb topilgan. Z.Yu. va R.A.ga 1 yil davlat iştirokidagi taşkilotlarda mansabdorlik va moddiy javobgarlik yuklatilgan lavozimlarda işlaş huquqidan mahrum qilingan holda 2 yil 6 oydan ozodlikni çeklaş jazosi tayinlangan. Şuningdek, er-xotindan yetkazilgan moddiy zararni qoplaş maqsadida solidar tartibda davlat foydasiga jami 161 mln söm undiriş belgilangan.

Xorazm viloyati sudi jinoyat işlari böyiça sudlov hay’ati taftiş instansiyasining 2026 yil 20 yanvardagi ajrimi bilan dastlabki sud hukmi va apellyatsiya ajrimi özgarişsiz qoldirildi.