Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
24 may kuni Katta Farg‘ona kanaliga tushib ketgan namanganlik yigit hanuz topilmayapti
24 may kuni Namangan shahridagi «Sohil» oshxonasida ishlovchi 20 yoshlar atrofidagi Muzaffar ismli yigit oshxona oldidagi Katta Farg‘ona kanaliga tushib ketganicha qaytib chiqmagan.
Katta Farg‘ona kanali / Foto: Kun.uz
24 may Namangan shahridagi «Sohil» oshxonasida ishlovchi 20 yoshlar atrofidagi Muzaffar ismli yigit oshxona oldidagi Katta Farg‘ona kanaliga tushib ketganicha qaytib chiqmagan.
«Qidiruvga berilgan. Mana, shuncha kun o‘tdi hamki, u topilmayapti. Iltimos, buni yoriting, onasi juda yomon ahvolda», deb xabar berdi uning qarindoshlaridan biri.
Yo‘qolgan yigitning qarindoshi ma'lum qilishicha, Muzaffar hali uylanmagan, yolg‘iz onasi bilan istiqomat qilib kelayotgan ekan. Bir akasi ayni damda Rossiyada mehnat muhojirligida.
U kunduzi soat 11lar atrofida suvga tushgan. O‘sha kuni u 3 marta osh damlagan, qizib ketgan va sovish uchun kanalda cho‘milgan. Yonida bir bola ham bo‘lgan, u voqeaga guvoh bo‘lib, boshqalarni yordamga chaqirgan.
Namangan viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasidan ushbu vaziyatga jiddiyroq e'tibor berishlarini so‘rab qolamiz.
Mavzuga oid
11:29 / 29.10.2025
Ayubxon Kamolov Namangan shahri hokimi etib tayinlandi
12:33 / 17.10.2025
Xorijga ishga yuborishni va’da qilgan shaxslar ushlandi
09:51 / 06.09.2025
Qirg‘izistondan katta miqdordagi kuchli dorilarni olib kelganlar ushlandi
11:54 / 02.09.2025