Samarqand şahridagi Siyob kanaliga tuşib ketganidan keyin yöqolib qolgan 3 yoşli bolaning jasadi topildi.

Bugun, 10 mart kuni bolaning yaqinlari tahririyatga qönğiroq qilib, uning jasadi topilgani haqda ma'lum qilişdi. Viloyat favqulodda vaziyatlar boşqarmasi holatni tasdiqladi, ma'lum bölişiça, bola boşqarmaning qutqaruv-qidiruv otryadi tomonidan soat 13:30da kanalning quyi qismidan topilgan.

8 mart kuni Samarqand şahridagi Siyob kanaliga tuşib ketgan 3 yoşli Behröz Baxtiyorovning yaqinlari farzandi topilmayotgani yuzasidan Kun.uz’ga murojaat qilgandi.

Voyaga yetmagan qarindoşlari bilan kanal yoqasida öynab suvga tuşib ketgan bolakayni uning qarindoşlari, favqulodda vaziyatlar boşqarmasi ğavvoslari 8-9 mart kunlari izlab topişolmagani ma'lum qilingandi.

Tahririyat Behröz Baxtiyorovning yaqinlariga hamdardlik bildiradi.