Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Britaniya Skripallarga suiqasdda asosiy gumonlanuvchilarni aniqladi
Foto: Reuters
Politsiya va razvedka idorasi GRU sobiq polkovnigi Sergey Skripal hamda uning qizi Yuliyaga suiqasd uyushtirishda asosiy gumonlanuvchilarni aniqladi. Bu haqda The Telegraph manbalarga asosan xabar bermoqda.
Politsiyaning aksilterrorchilik bo‘linmasi ayni vaqtda ishni gumonlanuvchilar atrofida qurishga harakat qilmoqda.
Xabar qilinishicha, Britaniya huquqni muhofaza qilish organlari suiqasdda ishtirok etgan shaxslar guruhi Rossiya hukumati bilan aloqador ekaniga ishonchi komil. Skotland-Yard ma'lumotlariga ko‘ra, gumonlanuvchilar Rossiyaga qaytib ketib bo‘lgan.
Gazetaning ko‘rsatishicha, aniq ism-familiyalar Buyuk Britaniyaga kelgan va undan parvoz qilgan reyslar yo‘lovchilari ro‘yxati tahlil qilinganidan so‘ng o‘rnatilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh faqat Rossiya Skripalni zaharlashdan manfaatdor bo‘lganini ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
08:48 / 16.05.2026
Britaniya mudofaa budjetiga 20 mlrd yevrodan ortiq mablag‘ ajratmoqchi
09:14 / 09.05.2026
Trampning ittifoqchisi Britaniyadagi saylovlarda tarixiy g‘alabani qo‘lga kiritdi
08:39 / 04.05.2026
Dunyoda birinchi davlat to‘liq avtonom dronlar galasini sinovdan o‘tkazdi
23:32 / 01.05.2026