Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston shaharlaridagi narxlar jadvali: pomidor va bodring narxi osha boshladi
Kun.uz’ning Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlardagi muxbirlari o‘z hududlaridagi markaziy dehqon (oziq-ovqat) bozorlaridagi narx-navolar (11 oktabr) haqida ma'lumot to‘plashdi.
Odatga ko‘ra, 10 turdagi oziq-ovqat va shuncha meva-sabzavot mahsulotlarining o‘rtacha narxlari to‘plab, tartiblandi.
O‘tgan haftadagi narxlarni solishtirish asnosida bozorlarda o‘simlik va paxta yog‘lari, shuningdek, shakar narxi hamon qimmatligicha qolayotgani oydinlashmoqda.
Mol go‘shti eng qimmat joy (70 ming so‘m) Samarqand va Namanganda sotilmoqda, eng arzoni ham Toshkentning Yunusobod bozorida — 46 ming so‘m. 1 kilo qo‘y go‘shti ham shu bozorda shu narxda sotilgan. Tovuq go‘shti eng arzon joy Urganch — 15 ming so‘m.
Meva-sabzavotlar narxlari bozorlarda bir-biridan ko‘p ham farq qilmaydi. Pomidor va bodring ayrim hududlar markazlarida keskin qimmatlagan.

Mavzuga oid
10:22 / 19.01.2026
SSD’lar oltindek qimmatlashib ketdi
15:46 / 17.01.2026
Avtomobil bozorida dinamika: Toshkent shahrida savdo kamaygan
14:11 / 17.01.2026
Captiva’ning omadsiz qaytishi, bozori chaqqon Yuan Up va Sonet. O‘zbekiston avtomobil bozori qanday o‘zgaryapti?
20:05 / 23.12.2025