Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Avtomobil bozorida dinamika: Toshkent shahrida savdo kamaygan
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi 2025 yil yakunlari bo‘yicha O‘zbekistondagi birlamchi avtomobil bozorining dinamikasi va hududiy tuzilmasiga bag‘ishlangan yangilangan sharhni taqdim etdi. Unda yil davomida yangi yengil avtomobillar savdosi qariyb 370 ming donani tashkil etgani, elektromobillar esa bozor o‘sishining asosiy drayveriga aylangani qayd etilgan.
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tahliliga ko‘ra, 2025 yilda mahalliy va import ishlab chiqarilgan yangi yengil avtomobillar savdosi 5,2 foizga o‘sib, qariyb 370 ming donaga yetgan. Sharhda bozor segmentlaridagi o‘zgarishlar, jumladan elektromobillar bozoridagi faollashuv alohida ta’kidlangan.
Hududlar kesimida birlamchi bozorda eng yuqori o‘sish quyidagi hududlarda qayd etilgan:
- Sirdaryo viloyati — 45 foiz;
- Toshkent viloyati — 36 foiz;
- Namangan viloyati — 26 foiz;
- Qashqadaryo viloyati — 21 foiz.
Shu bilan birga, yil davomida yangi yengil avtomobillar realizatsiyasi hajmi Toshkent shahri, shuningdek Navoiy va Xorazm viloyatlarida kamaygani kuzatilgan.
Tahlilga ko‘ra, 2025 yilda mahalliy ishlab chiqarilgan yangi avtomobillar segmentida savdo hajmi 315 ming donadan oshgan. Xorijiy ishlab chiqarilgan yangi avtomobillar realizatsiyasi esa taxminan 53,3 ming donani tashkil etgan.
Markaz ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yilda yangi elektromobillar sotuvi 35 foizga o‘sib, 40,7 ming donaga yetgan. Qayd etilishicha, aynan ushbu segment bozorning umumiy o‘sishiga sezilarli turtki bergan.
Elektromobillar savdosi hududiy jihatdan yuqori darajada jamlangan:
- asosiy ulush Toshkent shahri hissasiga to‘g‘ri kelgan — 29 mingta elektromobil (umumiy hajmning 71 foizi);
- keyingi o‘rinlarda Samarqand viloyati, Toshkent viloyati va Qashqadaryo viloyati qayd etilgan.
Mavzuga oid
14:11
Captiva’ning omadsiz qaytishi, bozori chaqqon Yuan Up va Sonet. O‘zbekiston avtomobil bozori qanday o‘zgaryapti?
11:16 / 15.01.2026
O‘zbekistonda avtomobil ishlab chiqarish hajmi ikki barobardan ortiq o‘sishi kutilmoqda
19:50 / 12.01.2026
Farg‘onada “prava”siz ayol uch odamni urib yubordi, bir kishi to‘shakka mixlandi: jabrlanuvchilar sud hukmidan norozi
10:41 / 09.01.2026