AQŞdagi yirik savdo maydonlarida ötkazilgan tahlilga köra, 8 terabaytli NVMe SSD’larning örtaça narxi 1400–1500 dollar atrofida. Taqqoslaş uçun, hozir oltinning bir gramm narxi taxminan 148 dollar. Ya’ni 8 gramm oltin 1180 dollar çiqadi. Natijada SSD öz vazniga nisbatan qimmatroq bölib qolmoqda.

Yanada tezkor va yuqori sifatli modellar bundan ham qimmat. Ayrim premium SSD’lar 2400 dollargaça sotilmoqda. Bu esa ularni deyarli qimmatbaho metall darajasiga olib çiqyapti.

4 terabaytli SSD’lar hozirça biroz barqarorroq. Oddiy fayllarni saqlaş uçun möljallangan variantlarni 500–600 dollar atrofida topiş mumkin. Biroq tezligi yuqori bölgan modellar allaqaçon 800 dollardan oşib ketgan. Narxlar sönggi ikki oy içida keskin kötarilgan.

Bu holatning asosiy sababi — xotira mikrosxemalari tanqisligi. Sun’iy intellekt va serverlar uçun möljallangan qurilmalar köp miqdorda çip talab qilmoqda va mavjud resurslar aynan şu yönalişga ketmoqda. Natijada SSD işlab çiqaruvçilariga xomaşyo yetişmayapti va narxlar oşmoqda. Hatto kelasi yil uçun rejalaştirilgan işlab çiqariş hajmlari ham oldindan sotib bölingan.

Muammo faqat SSD bilan çeklanmagan. Oddiy qattiq disklar ham sezilarli qimmatlaşdi. Katta hajmli modellar bir neça oy içida 40–50 foizga kötarilgan.

Hozir SSD bozorida vaziyat murakkab. Narxlar yaqin orada tuşişi kutilmayapti. Agar xotira kerak bölsa, keyinroq arzonlaşişini kutgandan köra, hoziroq xarid qiliş ma’qul bölişi mumkin.

Co‘nggi yangiliklardan xabardor böliş muhim. Raqamli dunyoda adaşib qolmaslik va şunday yangiliklarni birinçilardan biliş uçun KUN.UZ Texnologiya Telegram sahifasini kuzatib boring.