Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yoqutistonda o‘zbekistonlik tanishini o‘ldirib, so‘ng jasadni pechda yoqib yubordi
Erkaklar o‘rtasida kelishmovchilik yuzaga kelgan, uning davomida jinoyatchi jabrlanuvchining boshiga oyog‘i bilan zarba bergan. Olgan jarohati oqibatida erkak vafot etdi, deb xabar bermoqda Rossiya Tergov qo‘mitasining Saxa Respublikasi (Yoqutiston) bo‘yicha tergov boshqarmasi matbuot xizmati.
«Yig‘ilgan dalillar sud tomonidan erkakka nisbatan hukm chiqarish uchun yetarli bo‘ldi. U Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 111-moddasi 4-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etishda aybdor deb topildi», - deyiladi mahkama xabarida.
Tergov va sud tomonidan aniqlanishicha, 2018 yilning 15 martidan 16 martiga o‘tar kechasi Mirniy shahrida yashovchi 51 yoshli erkak va O‘zbekistonning 49 yoshli fuqarosi o‘rtasida mojaro yuz bergan, uning davomida o‘zbekistonlik jabrlanuvchining boshiga oyog‘i bilan zarba bergan.
Erkak olgan jarohatlari oqibatida vafot etdi, o‘zbekistonlik esa uning jasadini Mirniy shahrining Verxniy posyolkasida joylashgan baza hududida yoqib yuborgan.
2018 yilning 28 sentabr kuni u sud tomonidan aybdor deb topildi va 7 yilga ozodlikdan mahrum etildi.
Mavzuga oid
21:30 / 21.01.2026
Rossiya iqtisodiyoti migrantlarsiz yashay oladimi?
20:49 / 21.01.2026
Rossiyalik generalni o‘ldirishda ayblangan o‘zbekistonlik erkak umrbod qamaldi
15:47 / 20.01.2026
GFR hukumati: Ukrainadagi energiya ta’minoti falokatli holatga yaqin
14:58 / 20.01.2026