Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tezelon loyihasi haqida bilishingiz kerak bo‘lgan uch narsa

Yaqin kunlargacha avtomobil sotib olmoqchi bo‘lsak, uy sotmoqchi bo‘lsak yoki ish izlasak gazetalardagi e'lonlarga murojaat qilar edik. Lekin zamonlar o‘zgarib, gazeta va jurnallar ortda qolib, internet asri boshlandi. Endi e'lon joylashda yoki biron narsa izlashda e'lon joylashga mo‘ljallangan saytlardan foydalana boshladik. Lekin internet saytlaridan foydalanishning ham o‘ziga yarasha muammolari bor, yoki internet tezligi yetishmaydi, yoki u saytning qonun-qoidalari juda tushunarsiz, gohida esa shunchaki saytlarga kirib izlashdan erinamiz.
Bugungi kunda O‘zbekistonda eng ommabop tarmoq bu albatta Telegram. Ma'lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonda 18 million odam Telegram’dan foydalanadi. Ko‘pchilik uchun Telegram hayotining ajralmas qismiga aylangan, yangiliklarni o‘qish, do‘st-u yorlar bilan yozishish, musiqa tinglash, biznes yuzasidan yozishmalar, til o‘rganish — xullas ro‘yxatning oxiri yo‘q. Albatta, shu ro‘yxatning ichida e'lonlar joylash va kerakli narsalarni izlash imkoni ham bo‘lsa foydalanuvchilarga yanada qulay bo‘lgan bo‘lar edi.
Shu muammoni hal qilish maqsadida Tezelon loyihasiga qo‘l urildi. Bizning maqsadimiz ushbu loyiha orqali odamlarning og‘irini yengil qilish, savdo -sotiqni yanada qulaylashtirish va foydalanuvchilarga Telegram’dan chiqmagan holda e'lon joylash yoki kerakli narsalarni izlash xizmatini taqdim qilishdir! Tezelon — bu barcha Telegram foydalanuvchilari uchun tengi yo‘q yordamchi bo‘lib, xohlagan vaqtingizda tezgina e'lon to‘ldirishingiz va bir necha daqiqada minglab mijozlarga ko‘rsatishingiz mumkin. Undan tashqari kerakli narsa va xizmatlarni ham bir necha tugmani bosib osongina topishingiz mumkin.
Nega Tezelon’ni ishlatishingiz kerak?
Birinchidan, qulay! Barcha e'lonlar bir joyda! Siz ish izlash uchun yoki telefon, avto sotib olish uchun har xil kanal va guruhlarga a'zo bo‘lib ularni kuzatib yurishingiz shart emas.
Ikkinchidan, oson! E'lonni sizga robotimiz to‘ldirib beradi, siz faqatgina uning savollariga javob berib tursangiz kifoya! Bir necha daqiqada siz xohlagandek e'lon paydo bo‘ladi!
Uchinchidan, tartibli! Barcha e'lonlar kategoriyalarga va viloyatlarga ajratilgan bo‘lib, kerakli narsa tez topiladi va ortiqcha vaqtingizni olmaydi! Ha, aytgancha, Tezelon’da e'lon joylash mutlaqo BePUL!
Biz Sizning xizmatingizga tayyormiz, og‘iringizni yengil qilamiz, vaqtingizni tejaymiz va samarali natija beramiz! Tezelon — bu e'lonlar sohasidagi innovatsion yechim!
Maza qilib foydalaning, omadingizni bersin 👉 https://t.me/Tezelonbot
Murojaat uchun tel: +998555009555
Reklama xuquqi asosida.
Tavsiya etamiz
Odamlar eng tez va sekin qariydigan mamlakatlar aniqlandi
Jahon | 21:57 / 17.07.2025
Jinoyat olamida bunaqasi kam uchraydi: yashirin ustaxona va g‘oyib bo‘lgan 276 ta mashina
Jamiyat | 13:40 / 16.07.2025
20 iyuldan boshlab 1-2 kunga xorijga chiqqanlar O‘zbekistonga bojsiz tovar olib kirolmaydi
Iqtisodiyot | 19:31 / 15.07.2025
Bolalarni itdek vovullatgan «defektolog»ga yangi jinoiy ish ochildi
Jamiyat | 18:06 / 15.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Jaziramadan dengizga: nega Bali, Maldiv va Turkiyani tanlashadi?
Jamiyat | 17:22
-
«Xitoy - Qirg‘iziston - O‘zbekiston» yo‘nalishi bo‘yicha birinchi yuk poyezdi yo‘lga chiqdi
Iqtisodiyot | 19:04
-
O‘zbekiston, Pokiston va Afg‘oniston o‘rtasida Transafg‘on temir yo‘li bo‘yicha bitim imzolandi
O‘zbekiston | 18:41
-
Qo‘rqinchli manzara va alamli oqibatlar: Ko‘kdaladagi portlash tafsilotlari
Jamiyat | 18:33
Mavzuga oid

18:13 / 23.02.2022
«Moshina bozor»da nima gap?

15:30 / 19.02.2022
Avtomobil olish uchun sarson bo‘lish shart emas

15:30 / 12.02.2022
Avtomobil olish uchun sarson bo‘lish shart emas

12:00 / 04.02.2022