Özbekiston, Pokiston va Afğoniston «Termiz - Noibobod - Maydonşahr - Logar - Xarlaçi» yönalişi böyiça temir-yöl loyihasining texnik-iqtisodiy asosini (TIA) işlab çiqiş töğrisida hukumatlararo bitimni imzoladi. Bu haqda «Özbekiston temir-yöllari» xabar berdi.

Kelişuv 17 iyul kuni Kobulda uç davlat taşqi işlar vazirlari iştirokida bölib ötgan uç tomonlama sammitda imzolangan. Hujjatga Özbekiston transport vaziri Ilhom Mahkamov, Pokiston temir-yöllari vaziri Muhammad Hanif Abbosiy va Afğoniston muvaqqat hukumatida jamoat işlari vaziri vazifasini bajaruvçi Muhammad Iso Soniy imzo çekdi.

Yönaliş 2023 yil iyul oyida Islomobodda loyihaga a’zo davlatlar vakillari tomonidan kelişilgan. Xalqaro transport yölaklarini rivojlantiriş strategiyasining uçtomonlama loyiha ofisi TIA tayyorlaş bilan boğliq işlarga buyurtmaçi böladi. U 2023 yil may oyida Toşkentda taşkil etilgan bölib, Kobul va Islomobodda filiallariga ega.

Transafğon temir-yöli loyihasi 17 iyul kuni Özbekiston taşqi işlar vaziri Baxtiyor Saidovning Afğoniston içki işlar vaziri vazifasini bajaruvçi Sirojiddin Haqqoniy bilan uçraşuvi mavzusi böldi. Saidov, xususan, sönggi bir yil içida Özbekiston va Afğoniston örtasidagi tovar ayirboşlaş hajmi qariyb uç barobarga oşganini ta’kidladi. Uning sözlariga köra, Afğoniston, Özbekiston va Pokiston örtasidagi aloqalarni kengaytiriş va turli sohalardagi hamkorlikni faollaştiriş istiqbolli va butun mintaqa uçun foydalidir.

Öz navbatida, Haqqoniy Özbekiston tomonidan körsatilgan «yaxşi niyat, konstruktiv hamkorlik va birodarlik ruhini» yuqori baholab, temir-yöl loyihasining strategik ahamiyatini qayd etdi va uning butun mintaqada iqtisodiy ösişni rağbatlantiriş salohiyatini ta’kidladi.

Birinçi marta 2018 yilda taklif etilgan Transafğon temir-yöli loyihasi Özbekistondagi Termiz şahrini Afğonistonning Mozori-Şarif va Kobul şaharlari bilan, söngra Pokistonning Peşovar şahri bilan boğlaşga qaratilgan. Quriliş tugallangaç, temir yöl Afğoniston orqali 700 kilometrdan ortiq masofaga çözilib, Markaziy Osiyo va Arabiston dengizi örtasida töğridan-töğri quruqlik yönalişini yaratadi. Loyiha qiymati dastlab 5 mlrd dollarga baholangan, keyinroq bu raqam 7 mlrd dollarga yetkazilgan.

Loyiha Rossiya, Eron va xalqaro moliya taşkilotlari tomonidan qöllab-quvvatlandi. Uşbu yönaliş orqali Markaziy Osiyodan Pokiston portlariga yuklarni yetkazib beriş vaqti bir neça haftadan bir neça kungaça qisqarişi kutilmoqda.