Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mehnat bozorida mehnat munosabatlarini tartibga solishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar qabul qilindi
Vazirlar Mahkamasining “Mehnat bozorida mehnat munosabatlarini tartibga solishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Hujjat bilan quyidagilar:
Tabiiy-iqlim va maishiy sharoitlari og‘ir va noqulay bo‘lish joylarda ishlovchi xodimlar mehnatiga haq to‘lashga tuman koeffitsiyentlarini, shuningdek, ularga har yili beriladigan qo‘shimcha ta'tilning eng kam muddatini belgilash va qo‘llash tartibi to‘g‘risidagi nizom;
Ishlarning ayrim texnologik turlari, ishlab chiqarishlar va iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha ishchilarning tarif stavkalarini oshirishning tarmoq koeffitsiyentlarini qo‘llash tartibi va ularning miqdori to‘g‘risidagi nizom;
Ko‘chma va qatnash tusidagi ishlar bilan bog‘liq ustamalar to‘lash tartibi to‘g‘risidagi;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobiga saqlanadigan tashkilotlarda band bo‘lgan xizmatchilarning keng tarqalgan lavozimlari xodimlari ayrim toifalari mehnatiga haq to‘lash bo‘yicha razryadlar tasdiqlandi.
Belgilab qo‘yilishicha:
tasdiqlangan xodimlar mehnatiga haq to‘lash bo‘yicha ustamalar, qo‘shimcha haqlar va razryadlar va Vazirlar Mahkamasining “Mehnatga haq to‘lash yagona tarif setkasiga o‘zgartirish kiritish haqida" 2019 yil 18 yanvardagi 47-son qarorining 1-bandida nazarda tutilgan mehnatga haq to‘lash bo‘yicha Yagona tarif setkasining tarif koeffitsiyentlari 2019 yil 1 yanvardan boshlab qo‘llaniladi;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari tabiiy-iqlim sharoitlari noqulay bo‘lgan joylardagi ishlarda ishlovchi budjet tashkilotlari xodimlari mehnatiga haq to‘lashga doir tuman koeffitsiyentlari to‘lovlarini moliyalashtirish manbalari hisoblanadi;
tabiiy-iqlim sharoitlari noqulay bo‘lgan joylarda ishlovchi xodimlar mehnatiga haq to‘lashga tuman koeffitsiyentlari va bunday joylardagi ishlar uchun qo‘shimcha ta'tillar tashkiliy-huquqiy shakllaridan qati nazar barcha tashkilotlar tomonidan qo‘llanishi majburiydir;
tashkiliy-huquqiy shakllaridan qati nazar nobudjet tashkilotlar kollektiv shartnomalarda va kollektiv bitimlarda ushbu qarorga ilovada ko‘rsatilmagan tabiiy-iqlim sharoitlari noqulay bo‘lgan ayrim joylarda ishlovchi xodimlar ish haqiga o‘z mablag‘lari doirasida xarajatlar, soliq solinadigan bazaga kiritilgan holda, qo‘shimcha to‘lovlar va bunday joylarda ishlaganlik uchun qo‘shimcha mehnat ta'tili to‘g‘risidagi shartlarni nazarda tutishlari mumkin.
Mavzuga oid
14:39 / 05.01.2026
Elektron hisobvaraq-fakturalar “past” va “yuqori” xavf toifalariga ajratiladi
12:31 / 11.12.2025
Barcha dorixonalar “Elektron retsept” orqali ishlashga o‘tadi
13:11 / 18.11.2025
Binolar zilzilabardoshligini oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar joriy etilmoqda
12:59 / 06.11.2025