Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda sud-huquq tizimi isloh qilinadi
O‘zbekistonda sud-huquq tizimi isloh qilinadi hamda fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish kuchaytiriladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti v.b. Shavkat Mirziyoyev “Sud-huquq tizimini yanada isloh qilish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi.
Farmon sud-huquq tizimini yanada demokratlashtirish va erkinlashtirish, sud, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari faoliyati samaradorligini oshirish, aholining odil sudlovga bo‘lgan ishonchini oshirish, jamiyatda qonun ustuvorligini ta'minlash va qonuniylikni mustahkamlash maqsadida qabul qilingan.
Prezident farmoniga muvofiq, sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini, fuqarolar huquq va erkinliklarining ishonchli himoyasini ta'minlash, shuningdek odil sudlovga erishish darajasini oshirish sud-huquq tizimini yanada isloh qilish davlat siyosatining asosiy ustuvor yo‘nalishlari etib belgilangan.
Manba: O‘zA
Mavzuga oid
23:15 / 24.08.2025
Mirziyoyev Zelenskiyga tabrik yo‘lladi
10:51 / 21.07.2025
Talabalarni qabul qilish “avval test, so‘ng tanlov” tamoyiliga muvofiqlashtiriladi
11:22 / 02.05.2024
Prezident: Jahonda investorlar uchun mislsiz kurash ketyapti
21:36 / 01.05.2024