Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda o‘rta korxonalar paydo bo‘ladi
O‘zbekistonda kelasi yildan o‘rta tadbirkorlik sub'yektlari tushunchasi yana muomalaga qaytishi mumkin
O‘zbekiston Respublikasi Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamalari portalida Iqtisodiyot vazirligi tomonidan yangi hujjat loyihasi joylashtirildi.
Jamoatchilik muhokamasiga havola etilgan hujjatda keltirilishicha, 2019 yilning 1 yanvaridan kichik va o‘rta tadbirkorlik sub'yektlariga quyidagilar kiradi:
- yakka tartibdagi tadbirkorlar;
- yillik xodimlar soni 25 kishidan ko‘p bo‘lmasa, mikrofirmalar;
- yillik xodimlar soni 100 kishidan ko‘p bo‘lmasa, kichik korxonalar;
- yillik xodimlar soni 250 kishidan ko‘p bo‘lmasa, o‘rta korxonalar hisoblanadi.
Shuningdek, 2019 yilning 1 yanvaridan mikrofirmalar uchun buxgalteriya hisobi, daromadlar va xarajatlar kitobini yuritish, daromadlar va xarajatlarni e'lon qilishning soddalashtirilgan tizimini joriy etishni nazarda tutuvchi moliyaviy hisobotlarni taqdim etish talablar bekor qilinadi.
Davlat Soliq qo‘mitasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bilan hamkorlikda uch oy muddatda «Virtual soliq maslahatchisi» tizimini ishlab chiqib, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga joylashtirishi kerak bo‘ladi.
Davlat Statistika qo‘mitasi uch oy ichida Davlat Soliq qo‘mitasi, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan hamkorlikda Vazirlar Mahkamasiga qonunchilikka tegishli o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha o‘z takliflarini tayyorlaydi.
Mavzuga oid
10:51 / 21.01.2026
Yo‘nalishsiz taksilar uchun yagona belgilar va “taksi pasporti” joriy etilishi mumkin
15:15 / 24.12.2025
Uy-joy va yer bo‘yicha yakuniy xulosa chiqarish muddati 3 barobarga qisqarishi mumkin
11:13 / 22.12.2025
Developerlarga cheklov, ulushdorlarga kafolat: ulushli qurilish tartibi o‘zgaradi
13:16 / 15.12.2025