Jahon | 00:51 / 04.09.2018
42408
1 daqiqa o‘qiladi

Osiyoda rasmiy tili ingliz tili bo‘ladigan yana bir davlat paydo bo‘ladi 

Foto: Wang Hongying / HKFP

Tayvan 2019 yilda ingliz tilini rasmiy tili qilib belgilaydi. Bu haqda Xitoyning Tayvan bo‘yicha vaziri Uilyam Lay ma'lum qildi, deb xabar bergan Hong Kong FP nashri.

Dastur butun mamlakat bo‘ylab ingliz tili birinchi sinflardan o‘qitiladigan, ikki tilli maktablarni tashkil etishni ko‘zda tutadi. Ingliz tilini yuqori darajada bilish esa tayvanliklarga xorijda ish topishlarida ko‘mak berishi mumkin.

Manba ma'lumotlariga ko‘ra, orolda xitoychada (83,5 foiz aholi), tayvanchada (81,9 foiz), xakka shevasida (6,6 foiz) va boshqa tillarda so‘zlashishadi.

2017 yilda Tayvanda mahalliy tillarni rivojlantirish qonuni qabul qilingan. Qonunga ko‘ra, tub aholi tillari rasmiy til deb hisoblanadi.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid