Ma’lumotlarga köra, 2020 yilga nisbatan 8,5–9 ball olgan yoşlar soni 47 barobarga oşgan. Şu jumladan, 9 ball natija qayd etganlar 68 nafarni taşkil qilgan. 

Uşbu körsatkiçlar Yoşlar işlari agentligi, Britaniya Kengaşi, IDP IELTS hamda AQŞ elçixonasi hamkorligida ötkazilayotgan “Öquv markazlari forumi” doirasida e’lon qilingan. 

Qayd etilişiça, mazkur forum öquv markazlari uçun tajriba almaşiş va hamkorlik aloqalarini yölga qöyişga qaratilgan maydon bölib, unda respublika böylab köplab öquv markazlari va ta’lim sohasi vakillari iştirok etmoqda. 

Şu bilan birga, avvalroq e’lon qilingan ma’lumotlarda ham IELTS böyiça ösiş tendensiyasi qayd etilgan: 2024 yilda 5,5 va undan yuqori olganlar soni sezilarli köpaygani, şuningdek 8,5–9 oraliğidagi natijalar ham yillar kesimida oşgani ta’kidlangan.