Ingliz tilini mustaqil örgangan Mirabbos Mirafzalov hozir bu tilda xuddi özbekçadagidek ravon gapiradi. Otasi avtomobillarga yonilği quyiş şoxobçasida işlagan vaqtida logistika sohasidagi yigitlarning fikrlaşini körib, Mirabbosning asosiy vaqtini bilim olişga yönaltirişga qaror qiladi. Hozirda Mirabbos yana ikki tilni örganmoqda. Kun.uz bolakay bilan xorijiy tillarni ustozlarsiz qanday özlaştirayotgani va uning maqsadlari haqida suhbatlaşdi.
Mirabbos Mirafzalov Toşkent şahridagi 132-maktabning 6-sinfida öqiydi. U 8 yoşidan ingliz tilini örgana boşlagan. Avvaliga 3 oy davomida öquv kurslariga qatnagan, ammo darslar qoniqarli bölmagani uçun kursni davom ettirmagan.
“Maşğulot vaqtida yonimdagi bolalarga qöşilib, öyinqaroqligim tutib ketardi. Xayolim çalğib, darslarni yaxşi özlaştira olmasdim. Şuning uçun, repetitorda öqişni töxtatdim. Ota-onam ingliz tilini örgansam, katta kompaniyalarda işlaşim, köp pul topişim, qimmatbaho maşinalar minişim mumkinligini tuşuntirib berişardi. Oradan biroz vaqt ötib ularning turtkilari bilan tilni özim mustaqil tarzda örgana boşladim”, – deydi u.

Ustozlar yordami bilan ham köplab bolalarning dars tayyorlaşi amrimahol bölib borayotgan bir zamonda Mirabbos özini özi tartibga solib, telefondagi vaqtini öyin öynaş uçun emas, bilim olişga sarflagan. Ösmir yigit YouTube platformasidagi onlayn darsliklar orqali ingliz tilini örgangan. Darslarni özlaştirişini otasi nazorat qilib borgan.
“Ingliz tili boşida juda murakkab tuyulgan. Dars qilgim kelmay, yiğlagan vaqtlarim ham bölgan – köçadan tengdoşlarimga qöşilib öynagim, töp tepgim kelardi. Ota-onam asosiy vaqtimni bilim olişga yönaltirsam, bu iş kelajakda qanday imkoniyat eşiklarini oçişini erinmay tuşuntirişardi. Ularning qöllab-quvvatlaşi menga doim kuç berar va şu orqali qiyin bölsa ham tilni puxta örganişga harakat qilardim”, – deydi Mirabbos.

Bolakayning til bilişida otasining roli katta. Mirabbos örganganlarini mustahkamlaş va takrorlaş orqali inglizçada erkin gaplaşişga erişgan. Otasi çet elliklar köp keladigan hududlar – metro bekatlari, ziyoratgohlarga olib borib, öğlini sayyohlar bilan inglizçada gaplaştirgan. Ba’zi vaqtlarda Mirabbos sayyohlarga gidlik ham qilgan.
“Ingliz tilini örganişni 2020 yildan boşlagan bölsam, 2 yilça şuğullanganimdan keyin erkin muloqot qiliş darajasiga çiqdim. Talaffuzimdagi kamçiliklarni eşitib, audio/video darslik va filmlar orqali töğirladim. Inglizçani biladiganlar bilan suhbatlaşib, örganganlarimni mustahkamladim. Bu tildan taşqari, ötgan yili yaponçani örganişni boşlab, 150 taça söz yodlagandim. Atrofimda uşbu tilda muloqot qiluvçilar bölmagani va özlaştirganlarimni takrorlamaganim sabab bilgan sözlarim ham bir yil içida esimdan çiqib ketdi. Bilim – takrorlaşlar mevasi deb bekorga aytişmas ekan”, – deydi u.

Mirabbos bilimga öta çanqoq, maqsadlari ham ança katta. U dunyoda top 10 talikda turuvçi nufuzli universitetlardan birida ta’lim oliş, xususiy universitet oçiş, dadasiga “inomarka” maşina sovğa qilişni hozirdanoq maqsad qilib qöygan.
“Ayni vaqtda öqiyotgan kitoblarim biznes sohasiga doir bölgani sabab bu yönalişga qiziqişim va mehrim borgan sari oşib boryapti. Katta bölganda biznesmen bölişni, Ilon Mask, Stiv Jobs kabi insonlar bilan körişişni istayman. Muvaffaqiyatli odam böliş uçun ispan tilini ham örganaman. Kuçli öqib, katta daromad topib, otamga Mercedes-Benz, özimga Neta, boşqa oila a’zolarimga ham özlari istagan maşinani olib berişni maqsad qilganman. Kim bölsam ham, millatga foydasi tegadigan işlar qiladigan, yaxşi odam bölişni xohlayman”, – deydi u.

Mirabbos intervyu davomida ota-onaning farzand bilan köproq vaqt ötkazişi qançalik muhimligi, şuningdek, öz tengdoşlari uçun kunning qaysi qismida dars tayyorlaş samaraliroq bölişi, öyinlarga çalğimay, gadjetlardan maqsadli foydalaniş haqida gapirib bergan.
Suhbatni töliq holda Kun.uz’ning YouTube’dagi kanalida tomoşa qilişingiz mumkin.
Diyoraxon Nabijonova suhbatlaşdi.
Operator: Bobur Anvarov,
Montaj ustasi: Nizomjon Toşpölatov.










