Jahon | 22:32 / 28.09.2016
9643
2 daqiqa o‘qiladi

MRB: Saudiyaga qarshi da'vo qo‘zg‘ashga imkon beruvchi qonun qabul qilinishi og‘ir oqibatlarni keltirib chiqaradi

AQSh fuqarolariga 2001 yil 11 sentabr teraktlariga aloqadorlik ayblovi bo‘yicha Saudiya Arabistoniga qarshi Amerika sudlariga da'vo berishga ruxsat etuvchi qonun qabul qilinishi og‘ir oqibatlarni keltirib chiqarishi mumkin. Bu haqda Markaziy razvedka boshqarmasini (MRB) boshlig‘i Jon Brennan ma'lum qilgan.

"Bundan eng ko‘p darajada mamlakat chegaralaridan tashqarida xizmat qilayotgan davlat xizmatchilari zarar ko‘rishi mumkin", degan u.

Uning so‘zlariga ko‘ra, agar AQSh mavjud standartlarda boshqa mamlakatlarni qo‘llab-quvvatlashda davom etmaydigan bo‘lsa, xorijdagi amerikaliklar xavf ostida qoladi.

Bugun AQSh Senati Obamaning 11/9 voqealari sabab Saudiyaga qarshi da'vo qo‘zg‘ashga imkon beruvchi qonun loyihasiga o‘tgan haftada qo‘ygan vetocini bartaraf etgani ma'lum bo‘ldi.

AQShda avvaldan Saudiya Arabistoni "Al-Qoida"ni, uning boshlig‘i Usama bin Lodinni qo‘llab kelgani haqida aytishadi.

Kongress vakillar palatasi 10 sentabr kuni AQShda xalqaro terrorchi tashkilotlar uyushtirgan hujumlar qurbonlari oilasiga ularni qo‘llayotgan davlatlarga nisbatan mamlakat hududida da'vo qo‘zg‘ash huquqini beruvchi hujjatni imzoladi.

Mazkur hujjat rasmiylarga boshqa davlatlarning AQShdagi bank hisob raqamlari va boshqa aktivlarini muzlatish imkonini beradi. May o‘rtalarida hujjat senat tomonidan ma'qullangandi.

Ushbu tashabbus tufayli, jumladan, 2001 yilning 11 sentabr teraktlarida yaqinlarini yo‘qotgan amerikaliklar Saudiya Arabistoniga qarshi da'vo qo‘zg‘ashi mumkin. Teraktning 19 nafar ishtirokchisidan 15 nafari saudiyalik bo‘lgan va ular, tasdiqlanmagan ma'lumotlarga ko‘ra, mamlakat rasmiylari bilan bog‘liq mansabdorlardan yordam olgan.

Mavzuga oid