20:19 / 16.08.2018
13653

O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralari oltin narxining pasayishi tufayli yana kamaydi

Foto: Getty Images

Markaziy bank 1 avgust holatiga ko‘ra O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralari haqidagi ma'lumotni e'lon qildi.

Mamlakatning yalpi oltin-valyuta zaxiralari 27,3 mlrd. AQSh dollarini tashkil etgan bo‘lsa, iyul oyida bu ko‘rsatkich 27,6 mlrd dollar edi.

Yalpi zaxiralardan 13,5 milliard dollar xorijiy valyutadagi aktivlar, 13,7 milliard dollar - monetar oltin bo‘ldi. Taqqoslash uchun, iyul oyida 13,8 mlrd dollardan edi.

Markaziy bankdan ta'kidlashlaricha, joriy yilning iyul oyida yalpi oltin-valyuta zaxiralarining 270,6 mln. AQSh dollariga pasayishi kuzatilgan. Mazkur holat hisobot davrida asosan oltin narxining 1250,55 dan 1219,20 doll./tr.untsiyaga pasayishi hisobiga yuzaga keldi (narxning oltin-valyuta zaxiralarining kamayishiga ta'siri – 347,0 mln. doll.).

1 avgust holati bo‘yicha sof oltin-valyuta zaxiralari 26,3 mlrd dollarni tashkil etgan bo‘lsa, o‘tgan oyda bu ko‘rsatkich 26,6 mlrd dollar edi.

Mavzuga oid
Top