Keltirilgan infografika 2000–2024 yillar oraliğida rasmiy oltin zaxiralarining sof ösişini yaqqol körsatadi. Vizualizatsiya asosidagi ma’lumotlar Jahon oltin kengaşi, XVJ, Jahon banki va markaziy banklar bilan boğliq boşqa manbalardan olingan.

Absolyut yetakçi — Rossiya: u 2000 yildan beri oltin zaxiralarini ta’sirçan darajada, +1948 tonnaga oşirgan va faqat ozgina farq bilan Xitoyni ortda qoldirgan. Xitoy esa +1885 tonna qöşgan. Umuman olganda, şu ikki davlat körib çiqilayotgan davrda markaziy banklar tomonidan xarid qilingan oltinning yarmidan köpini ta’minlagan.

Rossiya va Xitoyda oltin zaxiralarining keskin ösişi dollarga qaramlikni kamaytirişga qaratilgan kengroq strategiyaning bir qismi böldi. Ğarb sanksiyalari joriy etilganidan keyin Rossiya dedollarizatsiya yönalişini ança tezlaştirdi va muzlatib qöyiş yoki qadrsizlaniş xavfi kamroq bölgan aktiv sifatida oltinga tayana boşladi.

Xitoyning motivlari ham strategik tusga ega. AQŞ bilan savdo qarama-qarşiliklari va yuanga xalqaro maqom beriş istagi şaroitida Pekin oltin zaxiralarini bosqiçma-bosqiç köpaytirmoqda — köpinça bu markaziy bankning közga taşlanmaydigan xaridlari va içki konlardan olinayotgan oltinni zaxiraga ötkaziş orqali amalga oşiriladi.

Bundan taşqari, Rossiya va Xitoy AQŞ moliyaviy tizimini çetlab ötadigan, oltin savdosiga doir tarixiy ikki tomonlama kelişuvlar ham tuzgan.

Bu qadamlarning barçasi yanada keng global trendga mos keladi: bugun markaziy banklar jami hisobda AQŞ xazina obligatsiyalariga qaraganda oltinni köproq hajmda uşlab turibdi. Bu siyosiy jihatdan tarang va parçalangan dunyoda oltinning jozibadorligi ortib borayotganini körsatadi.

Rossiya va Xitoy xarid hajmi böyiça boşqalardan ança oldinda ketsa-da, bir qator rivojlanayotgan iqtisodiyotlar ham oltin zaxiralarini faol oşirmoqda:

  • Hindiston (+518 tonna) — valuta beqarorligi va inflatsiya xavflari fonida zaxiralarni köpaytirdi;
  • Turkiya (+501 tonna) — iqtisodiy turbulentlik va liraning qadrsizlanişi şaroitida oltindan faol foydalanmoqda;
  • Polşa va Qozoğiston — zaxiralarni diversifikatsiya qiliş strategiyasi doirasida yuzlab tonna oltin qöşdi.

Fors körfazi mamlakatlari — xususan Saudiya Arabistoni va Qatar ham oltin uluşini oşirmoqda. Bu ularning Vision 2030 va şunga öxşaş milliy taşabbuslarini öz içiga olgan keng qamrovli iqtisodiy transformatsiya dasturlariga uyğunlaştirilmoqda.