17:50 / 13.12.2022
74834

O‘zbekistonda elektr energiyasini reja asosida o‘chirish bo‘yicha jadvallar e’lon qilindi

Barcha viloyatlar, Toshkent shahri va Qoraqalpog‘iston Respublikasi elektr tarmoqlari korxonalari ta’minotdagi rejali uzilishlar jadvallarini e’lon qildi.

Foto: Shutterstock

Jadvallarga ko‘ra, eng kam cheklovlar poytaxt Toshkent shahriga to‘g‘ri keladi – kuniga 1 marta va maksimum 2 soat.

Viloyatlarda esa cheklovlar 1-4 soatdan kuniga 4-7 martagacha, bir sutkada jami 12 soatgacha ekanini ko‘rish mumkin.

Ayrim viloyatlarda 1 soatdan kuniga 6 marta (sutkada jami 6 soat), ayrimlarida 2 soatdan kuniga 4 marta (sutkada jami 8 soatgacha), yana ayrimlarida 1-2 soatdan kuniga 7 marta (sutkada jami 12 soat) uzilish qilish reja qilingan.

Boz ustiga, e’lon qilingan grafiklar avariyaviy holatlardagi uzilishlarga taalluqli emas.

Hududlar bo‘yicha cheklovlar jadvallari:

— Andijon viloyati
— Buxoro viloyati
— Jizzax viloyati
— Qashqadaryo viloyati
— Navoiy viloyati
— Namangan viloyati
— Samarqand viloyati
— Surxondaryo viloyati
— Sirdaryo viloyati
— Toshkent viloyati
— Farg‘ona viloyati
— Xorazm viloyati
— Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Toshkent shahri tumanlari bo‘yicha cheklov jadvallari:

Olmazor tumani
— Bektemir tumani
Mirobod tumani
Mirzo Ulug‘bek tumani
Sergeli tumani
Uchtepa tumani
Chilonzor tumani
Shayxontohur umani
Yakkasaroy tumani
Yangihayot tumani
Yashnobod tumani
Yunusobod tumani

Rasmiylarga ko‘ra, cheklovlar hozirgidek talab yuqori sharoitda umumenergotizimda yirik avariyalarning oldini olish maqsadida kiritilmoqda. Grafikda belgilangan soatlarda elektr o‘chmasligi ham mumkin, bu ob-havo sharoiti va ta’minotdagi holatga bog‘liq. Iste’mol ortib ketgan vaqtda mavjud resurslarni qo‘l rejimida bo‘lib tarqatish jarayonida majburiy cheklovlar vaqtiga qarab, hududlarga taqsimlanadi.

Grafiklarni e’lon qilish tizimli tashkil etilmagan, natijada e’lon qilinayotgan juda ko‘p suratlarning sifati juda past, ularni o‘qish imkonsiz. Ayniqsa, Toshkent viloyati HETK kanaliga grafiklar o‘ta darajada sifatsiz yuklangan; “topshiriq bajarildimi, bajarildi” qabilida, qo‘l uchida ish qilingan. Bunday holatni boshqa qator viloyatlarda ham uchratish mumkin.

Qashqadaryo viloyati Ko‘kdala tumanidagi ayrim mahallalarda uzilishlarning davomiyligi rasmiylar aytganidek 2 soatgacha emas, 4 soatgacha deb reja qilingan. Ayrim mahallalarda kuniga 7 marta svet o‘chib-yonishi, sutkada jami 12 soat tok bo‘lmasligi mumkin.
Toshkent viloyati HETK e’lon qilgan Chirchiqdagi uzilishlar grafigi suratining ahvoli. HETK kanalidagi boshqa grafiklarning deyarli hammasi xuddi shunday o‘ta sifatsiz qilib yuklangan. Ularni o‘qib bo‘lmaydi.
Samarqand viloyati HETK e’lon qilgan, Samarqand tumanidagi elektr uzilishlari grafigi (surat sifati juda past)
Buxoro viloyati HETK e’lon qilgan, Qorako‘l tumanidagi elektr uzilishlari grafigi (surat sifati juda past)
Sirdaryo viloyati HETK e’lon qilgan, Guliston shahridagi elektr uzilishlari grafigi (surat sifati juda past)
Sirdaryo tumanidagi ayrim mahallalar elektr ta’minotidagi rejali uzilishlardan chetda qolgani e’tiborga molik.
Qoraqalpog‘istonning Mo‘ynoq tumani ETK cheklovlar grafigini mahalla raislari bilan kelishgani bilan ajralib turgan.
Qoraqalpog‘istonning Nukus va yana ayrim tumanlari aholisiga taqdim etilgan grafiklar boshqalardan farq qiladi: mutaxassis bo‘lmagan aholi grafiklardan uzilishlar vaqtini tushunishi qiyin, natijada o‘z ishlarini to‘g‘ri rejalashtira olmaydi.

Agar elektr ta’minoti uzilganidan keyin uzog‘i 2 soat ichida tiklanmasa, 1154 raqamiga qo‘ng‘iroq qilish so‘ralmoqda.

O‘zbekiston hududlarida tok o‘chirilishi bo‘yicha jadvallar e’lon qilinishi haqida avvalroq energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov aytgan edi.

Mavzuga oid
Top