Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ehtiyojmand oilalarga quyosh panellari o‘rnatib beriladi
20 mingga yaqin ehtiyojmand oilalarga 1,5-2 kW quvvatga ega quyosh panellari bepul o‘rnatib beriladi, deya ma’lum qildi energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov. Uning aytishicha, panellar quvvati asosiy elektr energiyasiga bo‘lgan bazaviy miqdor – 200 kW·hgacha bo‘lgan ehtiyojni qoplashga yetadi.
O‘zbekistonda ehtiyojmand oilalar uchun quyosh panellarni bepul o‘rnatib berish rejalashtirilmoqda. Bu haqda energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov UzReport telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
«Biz hozir dastur tayyorlayapmiz. Yozda uy xo‘jaliklarining iste’moli ortadi. Agar bitta yoki ikkita konditsionerga ega kam ta’minlangan oila bo‘lsa, ularga 1,5-2 kW quvvatga ega quyosh panellarini o‘rnatishni rejalashtirganmiz. Bu borada hamkorlarimiz bilan ish boshladik», – dedi u.
Energetika vazirining qo‘shimcha qilishicha, Saudiyaning ACWA Power kompaniyasi bilan birgalikda ijtimoiy muassasalarda quyosh batareyalari o‘rnatilyapti. Endi bu amaliyot kam ta’minlangan oilalar uchun ham joriy qilinadi.
Bunda 20 mingga yaqin ehtiyojmand oilalar ro‘yxati «mahalla yettiligi» hamda Ijtimoiy himoya agentligining restri asosida shakllantiriladi. Panellar quvvati asosiy elektr energiyasiga bo‘lgan bazaviy miqdor – 200 kW·hgacha bo‘lgan ehtiyojni qoplashga yetadi.
Mavzuga oid
09:10 / 07.06.2026
AES narxi ochiqlandi, yirik pudrat sxemasi fosh bo‘ldi - hafta dayjesti
21:21 / 03.06.2026
Shveytsariyada yer ostida dunyodagi eng katta batareya qurilmoqda: u quyosh va shamoldan quvvat oladi
10:32 / 03.06.2026
Sho‘rtan GKMni kengaytirish doirasidagi 643 mlrd so‘mlik talon-toroj fosh etildi
10:40 / 01.06.2026