— Özbekistonda atom elektrostansiyasi qurilsa, elektr energiya yetişmovçiligi qay darajada bartaraf etiladi?

— Hozirda biz rejalaştirgan, muzokara olib borayotgan AESning quvvati 1200 megavattlik ikkita energoblokdan iborat bölişi rejalaştirilgan. 2400 megavatt quvvatga ega AES bir yilda 18 mlrd kVt/soat elektr energiyasini işlab çiqariş va uning asosiy qismini elektr tarmoqlariga uzatiş imkoniyatini beradi. Bu – hozirgi kundagi iste’molning 20-22 foiziga teng bölsa, talab ösişi va AES qurilişi muddatini inobatga olganda öşa vaqtdagi iste’molga nisbatan 10-15 foizini taşkil etişi mumkin.

— Aholida elektr iste’moli oşişini hisobga olganda, mamlakatda yana takroran “blekaut” böliş xavfi bormi?

— Blekaut bu texnologik holat, bunday xavf doim bor. Buni inkor qiliş kerak emas. Çunki energiya tizimimiz qöşni mamlakatlar bilan integratsiyalaşgan.

Şuni inobatga olgan holda biz yanvar oyidagi blekautdan tegişli saboqlar çiqargan holda birinçi örinda avtomatik öçiriş qurilmalari, avariyaviy holatlarning oldini oliş tizimlari, markaziy dispetçerlik tizimi taşkil qilindi. Çeklovlar kiritilayotganining ham asosiy maqsadi ham nazoratli öçirib, blekaut holatining oldini olişdir. Agarda şunday çeklovlar kiritilmasa, albatta, bu energotizimning izdan çiqişi va blekautga olib keliş ehtimolini keltirib çiqaradi.

— Toşkent şahridagi xonadonlarga issiqlik ta’minoti belgilangan me’yorlarda yetkazib berilmayapti. “Veolia Energy” kompaniyasi buni hisobga olib, iste’molçilar bilan qayta hisob-kitob qilib çiqadimi?

— “Veolia Energy” kompaniyasi Toşkent şahridagi issiqlik ta’minoti tizimini boşqaruvga olgan. Buni qanday amalga oşirişi va majburiyatlari közda tutilgan. Albatta, agar temperatura rejimi ta’minlanmagan taqdirda, bu şartnomada körsatiladi va şartnomada belgilangan normalar asosida qayta hisob-kitob qilinişi şart.

Asosiy muammo – tabiiy gaz bosimining pasayişi, buning oqibatida ular yetarli darajada issiqlikni generatsiya qilib berolmayotgani.

Hozirgi kunda Vazirlar Mahkamasining tegişli farmoyişi loyihasi tayyorlanyapti, xorijiy hamkorlar bilan muzokaralar olib borilyapti. Birinçi örinda Toşkent şahridagi, keyinçalik barça yirik şaharlardagi yirik issiqlik markazlarini davlat-xususiy şeriklik tamoyillari modernizatsiya qiliş közda tutilgan.